Chanel 2024 yilgi kuz-qish kutyur kolleksiyasini taqdim etdi
Bu Virginie Viard ishtirokisiz birinchi to‘plam bo‘ldi.

Chanel moda uyi 2024 yil kuz-qish mavsumi uchun o‘zining kutyur kolleksiyasi namoyishini Fransiyaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri - Opera Garnierda o‘tkazdi. Ijodiy jamoa oldiga opera olami va yuqori moda o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish vazifasi qo‘yilgan edi.
Tvid kostyumlari ham kutyur to‘plamiga kiritildi. Parcha va zar iplardan tikilgan liboslar, kichkina qora libosning bir nechta variantlari va ko‘plab oqshom liboslari taqdim etildi. Soch bantlari modellarning ko‘rinishini to‘ldirdi.