Chanel 2024 yilgi kuz-qish kutyur kolleksiyasini taqdim etdi

Bu Virginie Viard ishtirokisiz birinchi to‘plam bo‘ldi.

26 Iyun 2024

Chanel moda uyi 2024 yil kuz-qish mavsumi uchun o‘zining kutyur kolleksiyasi namoyishini Fransiyaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri – Opera Garnierda o‘tkazdi. Ijodiy jamoa oldiga opera olami va yuqori moda o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish vazifasi qo‘yilgan edi.

Bu Virginie Viard ishtirokisiz o‘tgan birinchi namoyish edi. Kreativ direktor besh yildan so‘ng iste’foga chiqdi, 37 yil davomida turli lavozimlarda ishlaganidan so‘ng Chanel moda uyini tark etdi.

Namoyishni Vittoria Ceretti ochdi. U keyp ustidan munchoqdan to‘qilgan top kiygan edi. Aytgancha, keyplar (plash ko‘rinishidagi ustki kiyim) to‘plamga teatrallikni olib kelgan bo‘lib, ular jingalak bezak va patlar bilan tikilgan edi.

Tvid kostyumlari ham kutyur to‘plamiga kiritildi. Parcha va zar iplardan tikilgan liboslar, kichkina qora libosning bir nechta variantlari va ko‘plab oqshom liboslari taqdim etildi. Soch bantlari modellarning ko‘rinishini to‘ldirdi.

An’anaga ko‘ra, oxirgi chiqish to‘y libosi bo‘ldi. Libosning tepa qismi naqshlarga boy korset, havodor matoli yenglar bilan bezatilgan va pastgi qismi esa ipak tafta yubkadan iborat.

Foto: Spotlight

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin