Chanel musiqiy pop-ap bilan

Bleu de Chanel L’Exclusif chiqishi sharafiga

19 Avg 2025
Foto: Instagram / Chanel

Yangi Bleu de Chanel L’Exclusif atiri taqdimoti munosabati bilan brend Shanxaydagi tarixiy Xenfu tumani hududida immersiv pop-ap makonini ochdi. Syurrealistik ko‘k ranglarda bezatilgan ushbu maskan mehmonlarga atir yaratilish jarayoniga sho‘ng‘ish imkonini beradi.

Kampaniya doirasida Chanel sevgi va visol ramzi bo‘lgan hakka tasviri kashtada tushirilgan animatsiyani taqdim etdi. Shuningdek, JZ Clubda Erik Chou va Jeyms Li ishtirokida mini-kontsert o‘tkazildi. Tadbir mehmonlari orasida brend elchilari — Van Ibo, Liya Dou va Shan Yichun ham bor edi.

Taqdimot Xitoyning mahalliy Sevishganlar kuni hisoblangan Chisi bayramiga bag‘ishlandi. Kirish bepul, tadbir 24-avgustgacha davom etadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles