Dior flagman do‘konining ochilishi

Ilhom, san’at va ijodkorlik maskani

04 Avg 2025
Foto: Instagram / Dior

Ellig yettinchi va Madison shoh ko‘chasi chorrahasida me’mor Piter Marino loyihalagan Christian Dior yangi flagman do‘koni ochilmoqda. Do‘kon Nyu-Yorkda, 1948-yilda Dior birinchi bor AQShda paydo bo‘lgan joydan bir necha qadam narida joylashgan. U to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, AQShdagi birinchi Dior Spa, Dior Maison butigi va do‘kon uchun eksklyuziv kolleksiyalarni o‘z ichiga oladi. Christian Dior Couture bosh direktori Delfin Arno bu do‘konni "ilhom, san’at va ijodkorlik maskani" deb ta’rifladi. Ichki bezakda harakatlanuvchi sun’iy hayvonlar bog‘i, Dior uyi merosini aks ettiruvchi san’at asarlari va installyatsiyalar mavjud.

Maqolani baham ko'ring

Related articles