Dior 2025-yil bahor-yoz mavsumining kolleksiyasi namoyishini o‘tkazdi

Parij modalar haftaligi ochib berildi!

26 Sen 2024
Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Mariya Gratsiya Kyuri an’anaviy ravishda Dior uyi namoyishi bilan Parij moda haftaligini ochish sharafiga muyassar bo‘ladi. Antik davr yana kreativ direktor uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi. Luvrda saqlanayotgan Rim ovchilik ma’budasi Diana 2025-yil bahor-yoz mavsumi kolleksiyasini yaratish uchun ilhom parisiga aylandi.

Italiyalik rassom Sofiya Jinevra ovoz rejissyorlari, haykaltaroshlar va installyatsiyachilar bilan hamkorlikda ko‘z shaklidagi nishonni yaratdi. Butun namoyish davomida unga kamondan o‘q uzishdi.

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Kolleksiya uch xil rangdan iborat edi: oq, qora va to‘q sariq. Kyuri qadimiy liboslarga o‘xshash hilpiragan ko‘ylaklar, monoxrom kombinezonlar (ba’zan yaltiroq), ko‘p qatlamli yubkalar va bodilar kiyib yuradigan zamonaviy ma’budaning garderobini ko‘rsatdi.

G'ilof ko'ylaklar va kostyumlar uzun charm qo'lqoplar bilan boyitilgan. Paltolar ikki xil rangga va oversiz shaklga ega bo‘ldi. Sport kostyumlari mototsik kostyumlariga o‘xshardi. Dior obrazlari baland sandallar, lentali poyabzallar, katta ko'zoynaklar, keng sig'imli sumkalar va bosh tasmalari bilan yakunlandi.

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Foto: SPOTLIGHT / Christian Dior

Maqolani baham ko'ring

Related articles