Disney va Pleasing birgalikda yangi kolleksiya yaratdi
Unga kiyim-kechak elementlari, kundaliklar va boshqa buyumlarni o‘z ichiga olgan 30 ta mahsulot kiritildi
Disney Pleasing (Garri Stayls brendi) bilan birgalikda cheklangan to‘plamni chiqardi. Unga 1940-yilgi "Fantaziya" multfilmining qahramonlari tasvirlangan 30 ta buyum kiritilgan.
Assortimentda xudi, ko‘ylaklar, shimlar va vodolazka kiyimlari, sochiqlar, paypoqlar hamda kundalik daftarlar taqdim etilgan. Shuningdek, to‘plamga multfilmdagi ranglarni aks ettiruvchi tirnoq laki to‘plami ham kiritilgan. Suratga olish jarayonini Pleasing brendining ijodiy direktori Garri Lambert uslublashtirgan.
Disney FANTASIA x Pleasing to‘plami 4-oktyabrdan boshlab DisneyStore va Pleasing veb-saytlarida sotuvga chiqariladi. 28 -29-sentyabr kunlari mahsulotlarni Londondagi (Buyuk Britaniya), Nyu-York va Xyustondagi (AQSH) Disney do‘konlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi.