Disney va Pleasing birgalikda yangi kolleksiya yaratdi

Unga kiyim-kechak elementlari, kundaliklar va boshqa buyumlarni o‘z ichiga olgan 30 ta mahsulot kiritildi

Fotо: Instagram / Pleasing

Disney Pleasing (Garri Stayls brendi) bilan birgalikda cheklangan to‘plamni chiqardi. Unga 1940-yilgi «Fantaziya» multfilmining qahramonlari tasvirlangan 30 ta buyum kiritilgan.

 

Assortimentda xudi, ko‘ylaklar, shimlar va vodolazka kiyimlari, sochiqlar, paypoqlar hamda kundalik daftarlar taqdim etilgan. Shuningdek, to‘plamga multfilmdagi ranglarni aks ettiruvchi tirnoq laki to‘plami ham kiritilgan. Suratga olish jarayonini Pleasing brendining ijodiy direktori Garri Lambert uslublashtirgan.

Disney FANTASIA x Pleasing to‘plami 4-oktyabrdan boshlab DisneyStore va Pleasing veb-saytlarida sotuvga chiqariladi. 28 -29-sentyabr kunlari mahsulotlarni Londondagi (Buyuk Britaniya), Nyu-York va Xyustondagi (AQSH) Disney do‘konlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin