Rene Caovilla Hindistondagi ilk butikini ochmoqda

Italiya poyabzal uyi yangi bozorga chiqib, Nyu-Dehlida o‘zining ilk butikini taqdim etmoqda

17 Noy 2026
Photo: PR Rene Caovilla

Rene Caovilla Hindistondagi ilk butiki Nyu-Dehlida ochilganini e’lon qildi. Yangi loyiha brendning xalqaro miqyosdagi rivojlanish strategiyasining bir qismi bo‘lib, Dharampal Satyapal Group tarkibiga kiruvchi DS Luxury bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Butik interyeri brendning o‘ziga xos estetik uslubini aks ettiradi: krem ranglar, yoritilgan vitrinalar, zaytun rangidagi baxmal kreslolar va nafis pushti puflar shinam hamda nafis muhitni yaratadi. Bu yerda brendning mashhur modellari, jumladan, Cleo va Margot sandallari, shuningdek, o‘zining yorqin dizayni va zargarlik buyumlarini eslatuvchi bezaklari bilan ajralib turadigan Chandelier modeli taqdim etilgan.

Photo: PR Rene Caovilla

1934-yilda Venetsiya yaqinidagi Fies-so-d’Artiko shahrida asos solingan ushbu Moda uyi italyan hunarmandchiligi an’analariga sodiq qolmoqda. Har bir poyabzal juftligi hanuzgacha atelyeda qo‘lda tayyorlanib, har bir detalga alohida e’tibor qaratiladi. Rene Caovilla asoschisi va faxriy prezidenti Rene Fernando Caovilla Hindistonda butik ochilishi brendning xalqaro rivojlanishidagi muhim bosqich ekanini ta’kidladi. Yangi makon hind auditoriyasini Rene Caovilla merosi bilan tanishtirish bilan birga, italyan brendining xalqaro bozordagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.

 

Maqolani ulashish

Related articles