Ayollikka sadoqat bilan

2024-yil kuz mavsumi uchun qanday bluzkalarni tanlash mumkin

Foto: SPOTLIGHT / Valentino

Bluzka – o‘z xaridi bilan afsuslantirmaydigan garderobning bu tarkibiy qismi orqali dadil tajribalar o‘tkazish mumkin. Dizaynerlar pastel va nozik rang yechimlarini, klassik va noodatiy fasonlarni tavsiya etmoqdalar.

Xotira lentasi

Koko Chanel soddalik va nafosatga urg’u berish orqali tasmaga yangi hayot bag‘ishladi. U an’anaviy elementlar, uslub va ma’noni qayta idrok etdi. Bluzkadagi bant nafislik va yumshoqlik ramzi bo‘lib, obrazning individualligi va romantikligini kuchliroq ifodalaydi.

Dizaynerlar bluzka yoqasiga bant taqishni taklif qilishadi. Yengil oqimli va zich matolar jaketlar, uzun jiletlar, palantinlar va klassik kurtkalar bilan stilizatsiya qilinganda chiroyli surat yaratadi. Kuz mavsumida barcha e’tibor qomat orqasiga qaratiladi – lentalarni tushib turadigan qilib bog‘lang.

Foto: SPOTLIGHT / Chloe

Shaffoflik

Ha-ha, shaffof matolar so‘nggi mavsumlarning trendlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Dizaynerlar tanani mayin o‘raydigan va vaznsizlik effektini yaratadigan yengil organzadan foydalanadilar.

2024-yilning kuzida tabiiy ranglar, minimalizm va retroga urg‘u beriladi. Chuqur va to‘yingan ranglar mashhur bo‘lib bormoqda. Yengil bluzkalarni klassik shimlar, qalam yubkalar va qalin shortilar bilan birlashtirish mumkin. Ohirgi variantni yelkalarga jun jaket yoki palto tashlab, botfort yoki baland etik bilan yakunlash mumkin.

Bluzkalarning yarim shaffof matosi ostida odatiy vazmin ichki kiyimlarni ham, yana-da ekstravagant kiyimlarni ham tanlash mumkin. Bu nafaqat obrazning ma’lum bir nota bilan jaranglashiga imkon beradi, balki unga dalillik bag‘ishlaydi.

Foto: SPOTLIGHT / Dolce & Gabbana

Vaqt bilan chegaralanmas klassika

Valentino oq bluzka sotib olishga ilhomlantiradi, uni palatsso shimlari yoki qora yubka bilan kiyish qat’iy tavsiya etiladi. Bunday obraz har qanday vaqtda yordam beradi: uni tantanali tadbir, yaqinlar davrasida kechki ovqat yoki ish kunlari uchun tanlash mumkin.

Yodingizda saqlang, eng asosiysi, hamma narsa aksessuarlar bilan bog‘liq: zargarlik buyumlari, soatlar, kamarlar, qo‘lqoplar, poyabzal – barchasi o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak.

Foto: SPOTLIGHT / Valentino

Maqolani baham ko'ring

Related articles