Fendi yubiley kolleksiyasini taqdim etdi
Ko‘rgazma bahor-yoz mavsumi 2025 doirasida bo‘lib o‘tdi
Fendining ayollar yo‘nalishi o‘zining 100 yilligini nishonlamoqda – yubiley ko‘rgazmasi Milanda o‘tkazildi. Ushbu taqdimot podiumda ayollarning to‘rt avlodini birlashtirdi: erkaklar kolleksiyasi va aksessuarlariga mas’ul Silvia Venturini Fendi, Fendi uyini dunyoga tanitgan onasi Anna, 1925-yilda Rimda birinchi Fendi do‘konini ochgan buvisi Adele va Silvianing qizi Delfina. Jones Delfinani asosiy ilhom manbai deb atagan, u zargarlik buyumlari dizaynini ishlab chiqaradi.
Kim Jones to‘rt ayolning qarashlarini brend atelyesining mohirligi, rang va jaz davrining vayronkor modernizmi yordamida birlashtirdi.
Bel qismi pastroq ishlangan yarim shaffof ko‘ylaklar marvarid hoshiyali o‘simlik naqshlari bilan bezatilgan. Erkin bichimdagi xalatlar, zamsha yubkalar, to‘rli nimchalar – bularning barchasi bahor-yoz 2025 kolleksiyasidan joy oldi.
Kim Jones Red Wing bilan hamkorlikda poyabzal kolleksiyasini yaratdi. Ushbu hamkorlik natijasida mokasin-botinkalar (mokasin uslubidagi etiklar), to‘rli tuflilar va Baguette’ning katta bezakli boho versiyalari yaratildi. Bu versiyalar popuklar, tumorlar va quloqchinlar uchun g‘iloflar bilan bezatilgan.