FIT bitiruvchilari to‘plamlari taqdim etildi
Nyu-Yorkdagi Act 5 shousi

Nyu-Yorkdagi moda haftaligida Fashion Institute of Technology Act 5 namoyishini o‘tkazdi. Mazkur tadbir Fashion Design MFA dasturi magistrlarining bitiruv shousiga aylandi. Art & Design galereyasida 18 nafar yosh dizayner o‘z kolleksiyasini namoyish etdi, ularning har biri shaxsiy izlanishlariga asoslangan beshta obrazni taqdim etdi.
To‘plamlar detallar, fakturalar, qayta ishlangan materiallar, vintaj jozibasi va hunarmandchilik estetikasiga e’tibor qaratilgani bilan ajralib turdi. Lawson Park Portugaliya kulolchiligi va janub merosidan ilhomlangan bo‘lsa, Matilda Tongying Liang o‘z ishlarini onalik mavzusiga bag‘ishladi. Peng Han Beckham Lim vizual qiyofalar orqali tush va voqelik o‘rtasidagi chegaralarni tadqiq etdi.
Shou 2019-yilda boshlangan ikki yillik magistratura dasturining yakuniy nuqtasi bo‘ldi. Institut prezidenti Joyce F. Brown so‘zlariga ko‘ra,mazkur shou yosh dizaynerlar faoliyatlarini boshlashlarida muhim platforma vazifasini bajaradi.