H&M
Brend moliyaviy hisobotini e’lon qildi

H&M 2025-yilning birinchi choragi uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Kompaniyaning sof foydasi chegirmalarning ko‘payishi, marketingga kiritilgan sarmoyalar va valyuta kursi o‘zgarishi tufayli 53 foizga kamaydi. Operatsion foyda 2023-yilning shu davridagi 3,9 foizga nisbatan 2,2 foizni tashkil etdi. AQSH, Skandinaviya va Buyuk Britaniyada sotuvlar kamaygan bo‘lsa, Germaniya va Polshada o‘sish kuzatildi. Bundan tashqari, do‘konlar soni 3 foizga qisqardi — 40 ta savdo nuqtasi yopildi.