BUZOQ
9-sentyabrdan 15-sentyabrgacha bo‘lgan davrda Buzoqlar o‘z e’tiborini oilasiga qaratishi, barcha oila a’zolariga g‘amxo‘rlik, e’tibor va yaxshi munosabatda bo‘lishi muhim. Chet tillarni va notiqlik san’atini o‘qib o‘rganish foydali bo‘ladi. Nufuzli muhit va hamkasblar o‘rtasidagi munosabatlarda qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ular bilan yaxshi, ishonchli munosabatlar o‘rnatishga astoydil harakat qiling.