CHAYON
26-avgustdan 1-sentyabrgacha bo‘lgan davrda Chayonlar maqsadlariga erishishni istasalar, mojarosiz muloqot ko‘nikmalarini charxlashlari muhim. Ish sohasida barcha jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va tashkil etish o‘z qobiliyatingizga bog‘liq. Hafta boshida jadvallar bir-biriga mos kelmasligi, muddatlar chalkashishi, hujjatlarda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Lekin ish haftasining ikkinchi yarmi siz kutganingizdek ravon o‘tadi. Qarzga olmaslikka harakat qiling va sizni qarz va kreditlarga jalb qiladigan vaziyatlardan uzoqroq yuring. Agar sizda qarzlar bo‘lsa, hafta oxirida ular bilan hisob-kitob qilishga tayyor bo‘ling.