EGIZAKLAR
Egizaklar 5-avgustdan 11-avgustgacha boshlari bilan ishga sho‘ng‘ib ketishadi. Ammo bu bilan oila va uy ishlarini bee’tibor qoldirmang. Muvozanatda tutishga harakat qiling. Daromadlarni olishda kechikishlar bo‘lishi mumkin. Juftingiz bilan munosabatlarda ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu bolalarga ham ta’sir qiladi. Ma’lumotni qayta so‘rash, aniqlashtirishdan tortinmang, shunda suhbatdoshingizni tushunish osonlashadi. Faol sport bilan shug‘ullanishni biroz to‘xtatib turing. Hozir siz ichki resurslarni to‘ldirishingiz kerak. Ijod bilan shug‘ullaning, musavvirlik bo‘yicha mahorat darslariga boring, istaklar xaritasini tuzing. Dam olish kunlari ota-onangizni ko‘rishga boring.