QISQICHBAQA
Haftaning birinchi yarmi ushbu burj vakillari uchun faol va samarali bo‘ladi. Mojarolardan qoching, barcha nizolarni darhol hal qilishga harakat qiling. Qarz bermang. O‘zingizning ehtiyojlaringiz uchun pul taqsimlang, shundan keyingina boshqalarga yordam bering. Juma oqshomini sevgan insoningiz bilan muloqotga bag‘ishlang, agar izlanishda bo‘lsangiz, unda qo‘rqmasdan yangi insonlar bilan tanishishga o‘zingizga ruxsat bering. Omadli tanishuv uchun sizda barcha imkoniyatlar mavjud.