Hublot Premier Group bilan O‘zbekistondagi rasmiy faoliyatining boshlanishini nishonladi

Tashkent City Mall’dagi kokteyl kechasi, to‘rtta yorqin model va faxriy mehmon Bahodir Jalolov

20 Noy 2026
Hublot display in the Premier boutique at Tashkent City Mall

Shveytsariyaning Hublot soatsozlik brendi O‘zbekistondagi rasmiy faoliyati boshlanishini Tashkent City Mall’dagi yangi Premier butikida kokteyl kechasi bilan nishonladi. 2026-yil noyabr oyida bu yerda kolleksionerlar, soatsozlik san’ati ixlosmandlari va brend do‘stlari jam bo‘ldi. O‘zbekistonlik bokschi, ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov kechaning faxriy mehmoni bo‘ldi.

Premier butikidagi Hublot kechasi
Premier butikidagi Hublot kechasi. Foto: Premier Group matbuot xizmati

Uyg‘unlashtirish san’ati

Hublot tarixi noodatiy uyg‘unlikdan boshlangan: 1980-yilda brend asoschisi Karlo Krokko oltin korpusli va kauchuk tasmali soatni taqdim etgan. Qimmatbaho metall va sport ruhidagi material uyg‘unligi turli olamlarni birlashtirish san’ati — Art of Fusion falsafasiga asos bo‘ldi. Hublot nomi fransuzchadan «illyuminator» deb tarjima qilinadi: uning shakli soat korpusida aks etadi.

Toshkentdagi kechada bu falsafa Shveytsariyadan manufaktura vakillari hamrohligida maxsus olib kelingan to‘rtta model orqali namoyon bo‘ldi. Mehmonlar soatlarni taqib ko‘rish, ularning yaratilish tarixi bilan tanishish va brend jamoasi bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldi.

Hublot’ning to‘rt qirrasi

Classic Fusion Tributo White Gold brend ildizlariga murojaat qiladi. Oq oltin korpus, qora siferblat va qora kauchuk tasma Hublot’ning ilk soatlarini eslatadi. Modelning lo‘ndaligi butikda taqdim etilgan yanada tajribaviy ishlarga o‘ziga xos qarama-qarshilik yaratdi.

Big Bang Tourbillon Automatic Green SAXEM shaffof zumrad-yashil korpusi va turbiyonli avtomatik mexanizmi bilan ajralib turadi. Press-reliz ma’lumotiga ko‘ra, seriya 18 nusxa bilan cheklangan.

Big Bang Tourbillon Automatic Green SAXEM
Big Bang Tourbillon Automatic Green SAXEM. Foto: Premier Group matbuot xizmati

MP-10 Tourbillon Weight Energy System All Black vaqtni aks ettirishga o‘zgacha yondashadi: odatiy millar va siferblat o‘rniga aylanuvchi silindrlar ishlatilgan, soniyalarni esa turbiyon sanaydi. Mexanizm 592 detaldan iborat; e’lon qilingan adad — 50 nusxa.

MP-10 Tourbillon Weight Energy System All Black
MP-10 Tourbillon Weight Energy System All Black. Foto: Premier Group matbuot xizmati

Big Bang One Click King Gold Rainbow brendning zargarlik qirrasini ochib beradi. Maxsus King Gold qotishmasidan ishlangan korpus kamalak ranglaridagi qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, One Click tizimi esa tasmani tez almashtirish imkonini beradi.

Yangi uchrashuv maskani

Hublot va Premier Group hamkorligi o‘n yildan ortiq davom etmoqda. Kechada Premier Group Uzbekistan tijorat direktori Aleksandr Devyatkov butikni soatsozlik san’ati bilan tanishish va professional maslahat olish mumkin bo‘lgan makon sifatida ta’rifladi.

«Ko‘plab yosh mehmonlar, o‘zlari aytganidek, “orzu qilish” uchun bizga kelishadi. Soatsozlik sanoati uchun bu eng yaxshi belgi: Osiyoda soatlar hamon mavqe va maqsad ramzi bo‘lib qolmoqda, Hublot esa ularning ko‘pchiligi uchun aynan shunday orzu».

Aleksandr Devyatkov, Premier Group Uzbekistan tijorat direktori

Noodatiy uyg‘unliklar mavzusini Mixology Bar davom ettirdi: to‘rtta mualliflik ichimligi taqdim etilgan to‘rtta modelga bag‘ishlandi. Kecha texnik tajribalar, manufaktura merosi va zargarlik estetikasini — Hublot olamining turli tarkibiy qismlarini birlashtirdi.

Tashkent City Mall’dagi kokteyl kechasi mehmonlari
Tashkent City Mall’dagi kokteyl kechasi mehmonlari. Foto: Premier Group matbuot xizmati

Foto: Premier Group matbuot xizmati

Maqolani ulashish