Hublot ranglaridagi g‘alaba
Gstaad Polo Gold Cup 2025: sport va soatsozlik san’ati xoreografik muloqotga kirishadigan o‘yin

Avgust oyida Gstaad sahnaga aylanadi: tulporlar dupuri va soatlar harakati har bir nafasda seziladigan uyg‘un ritm yaratadi.
Bu yil ham Hublot Polo Gold Cup Gstaad jahon polosi sara vakillarini bir joyda jamladi hamda Gstaad-Saanenland aeroportini an’ana va soatsozlik san’atining zamonaviy shakllari yuzma-yuz uchrashadigan arenaga aylantirdi.
Balandlik palitrasi
Hublot jamoasi maydonga kutilmaganda to‘q neft rangi va yalpiz ranglarda chiqdi. Bu ranglar brendning Big Bang Unico 42 mm va Big Bang One Click 33 mm deya nomlangan yangi soatlarini ifodalardi. Modellarning silliqlangan keramikasi xuddi Alp tog‘lari muzliklari kabi tovlanar, korpuslarining shakli bo‘lsa o‘zaro uyg‘un proporsiyalari bois ham me’morchilik yodgorligini esga solar edi.
42-millimetrik Uniconing yuragida MHUB1280 mexanizmi yashirin, u shunday yig‘ilgan-ki, har bir detal yuksak aniqlik bilan ishlaydi. Flyback-xronograf esa harakat o‘zgarishini lahza ichida qayd etadi. One Click 33 mm bo‘lsa o‘zgacha go‘zallikdan so‘zlaydi: nozik hajmli korpus va gardishdagi 36 brilliant dizayn orqali yetkazilmoqchi bo‘lgan nazokatga urg‘u beradi, lekin bu nafislik ortida noziklik emas, balki qudrat turganiga shubha qilmaysiz.
Kubokni qo‘lga kiritganlar
Finalning yorqin nuqtasi — Gstaad Palace jamoasi bo‘ldi. Markus va Tommi Greff, Fransisko Fuchchi hamda Martin Podesta strategiya va ishtiyoq yelkama-yelka yurgan o‘yinni namoyish etib, g‘olib bo‘lishdi. Ularning mukofoti — “Winner” yozuvi bitilgan Hublot soati bo‘ldi. Endi har bir korpus vaqtga abadiy muhrlangan mahorat ramzi sifatida ular g‘alabasining izini saqlaydi.
Hayot aks etgan tanaffuslar
Tanaffus chog‘i tomoshabinlar maydonga chiqib, to‘zib ketgan tuproqni tekisladilar. Bir qarashda juda oddiy ko‘ringan harakatdan murod - bayramning barcha ishtirokchilarini birlashtirish. Bu yilgi tadbirda aktyorlar Cyril Metzger va Giuseppe Maggio, shuningdek, tadbirkor Xenia Chumi ham ishtirok etdi. Ularning tashrifi uchrashuvni yana-da yorqinroq qildi — unda ham glamur shukuhi, ham madaniy ehtirom ohangi sezildi.
Vaqt bilan hamkorlik
“Gstaad Polo bilan hamkorligimiz — bu qadriyatlar muloqotidir. Biz uchun sport, soat, do‘stlik va ishonchni uyg‘unlashtirish muhim ahamiyatga ega", - deya ta’kidladi Hublot kompaniyasi bosh direktori Julien Tornare.
Gstaadda vaqt soniyalar sanamaydi, balki xotirada qoladigan lahzalarni qayd etadi. Ritmni Hublot belgilaganda esa har bir on musobaqa tarixining bir bo‘lagiga aylanadi.