InterContinental Tashkent: Poytaxt yuragidagi qulaylik va hashamat
Elegantlik birinchi darajali xizmat bilan uchrashadigan mehmonxona
Intercontinental mehmonxonasi – bu nafislik qulaylik bilan, hashamat esa har bir detalga e’tibor bilan uyg‘unlashgan joy. Poytaxt markazida joylashgan mehmonxona o‘z mehmonlariga birinchi darajali xizmat va unutilmas taassurotlarni taqdim etadi.
Mehmonxona
InterContinental Tashkent mehmonxonasi mehmondo‘stlik sohasidagi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan InterContinental Hotels & Resorts (IHG®) tomonidan boshqariladi va Trilliant Business Park ko‘p funksiyali majmuasining bir qismi hisoblanadi. Manzil shahar markazida va Amir Temur maydonidan 5 daqiqalik masofada joylashgan.
Mehmonxonada 216 ta hashamatli xonalar, shu jumladan 38 ta firma lyukslari va 2 ta prezident xonasi mavjud. Bundan tashqari, hududda Kongress markazi, restoranlar, 17-qavatda ochiq ayvonli bar va xalqaro darajadagi mutaxassislarga ega Wellness markazi mavjud.
Kongress markazi
Kongress markazining birinchi qavatida “Amudaryo” va “Sirdaryo” nomlari bilan atalgan 6 ta modulli konferensiyalar zali joylashgan. Bundan tashqari, mehmonxona Toshkentning panoramali manzarasini beruvchi 11-qavatda joylashgan kichik yig‘ilishlar va uchrashuvlar uchun 4 ta muzokara xonasini taklif qiladi. O‘rnatilgan LED ekranlari, sinxron tarjima tizimi, sahna yorug‘ligi va akustikasi bilan jihozlangan Ballroom zali 1000 nafargacha mehmonni o‘z bag‘riga sig‘diradi.
InterContinental Tashkent konferensiya va ziyofat zallari – bu formati va mehmonlar sonidan qat’iy nazar yuqori darajadagi majlislardan tortib dabdabali to‘y hamda tantanali taqdimotlargacha bo‘lgan tadbirlarni o‘tkazish uchun ajoyib tanlov.
Restoran va barlar
Mehmonxonaning 17-qavatida “Ember” Osiyo taomlari restorani joylashgan bo‘lib, u shahardagi eng yaxshi sushi va sashimi, shuningdek, quruq steyklarni taklif qiladi. Restoran yonidagi ochiq ayvondagi bar turli-tuman premium spirtli ichimliklar, mualliflik va klassik kokteyllarni taklif qiladi.
Mehmonlar kontseptsiyasi va menyusi Oʻrta Osiyo madaniyati va an’analaridan ilhomlangan “No’mad” restoranidan ham foydalanishlari mumkin. Shuningdek, “Chach” lobbi-barida InterContinental Tashkent mehmonxonasining bosh qandolatchisining o‘ziga xos desertlar va shirinliklaridan bahramand bo‘lasiz.
Wellness markazi
Mehmonxonaning ikkinchi qavatida E’quilibrium SPA & Fitness Club SPA markazi joylashgan. Markazni yaratish jarayonida Shvetsiyaning Raison D’Etre kompaniyasi ishtirok etdi, u SPA sanoatida tan olingan xalqaro ekspert hisoblanadi. Markaz konsepsiyasining asosini kosmetologiya sohasidagi ilg‘or texnologiyalar bilan jismoniy, ma’naviy va hissiy holatlarning uyg‘unligi tashkil etadi.
E’quilibrium SPA & Fitness Club “TechnoGym” italyan premium brendi uskunalari bilan jihozlangan trenajyor zali, shaharga qaragan 30 metrli Infinity basseyni, termal majmua, SPA muolajalari, shuningdek, ochiq havoda mashg‘ulotlar uchun ochiq ayvon va Pure Bar barini taklif qiladi.
Markaz “World Spa Awards” va “World Luxury Awards” xalqaro mukofotlari bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, u eksklyuziv hamkor va O‘zbekistondagi yagona SPA-markaz bo‘lib, unda “111 SKINCARE” (London, Buyuk Britaniya) hashamatli brendi va “ComfortZone” (Parma, Italiya) innovatsion premium kosmetikasi taqdim etilgan.
InterContinental Tashkent – bu shunchaki mehmonxona emas, bu mehmonlar benuqson xizmat, qulayliklar va ilhomlantiruvchi manzaralardan bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘lgan noyob makondir.
Ish safari, oila bilan dam olish yoki muhim tadbir bo‘lishidan qat’iy nazar, mehmonxonada poytaxtda unutilmas va qulay dam olish uchun barcha zarur narsalar mavjud. Toshkentning qoq markazida sizni InterContinental Tashkent’ni shaharning haqiqiy durdonasiga aylantiradigan zamonaviy mehmondo‘stlik va haqiqiy nafosatning mukammal uyg‘unligi kutmoqda.
Manzil: Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy
Murojaat uchun telefon: +99855-504-44-44
Reklama huquqi asosida.