Jean Paul Gaultier’dan yangi Bratz qo‘g‘irchog‘i
Kolleksion o‘yinchoq ikki ko‘rinishda taqdim etilgan

Jean Paul Gaultier va Bratz ishlab chiqaruvchisi MGA Entertainment kompaniyasi kolleksion qo‘g‘irchoq chiqardi. Sasha nomli o‘yinchoq ikki qiyofada namoyish etilmoqda. Birinchisi brendning arxiv dizaynlaridan birini qayta talqin qilsa, ikkinchi variantda qo‘g‘irchoq ko‘rinishi dengiz mavzusiga ishora qiladi.
“Ushbu hamkorlik nonkonformizmning ikki ramzini ulug‘laydi hamda Bratz va Jan-Pol Gotye dunyosining uchrashuvini aks ettiruvchi kolleksion buyumni yaratadi. Yorqin, avangard va haddan tashqari mashhur Bratz x Jean Paul Gaultier faqat chinakam “enfants terribles” uchun mo‘ljallangan”, – deya ta’kidladi moda uyi vakillari.