JOALI Maldives kurort mehmonxonasi
Oroldagi zamonaviy san’at asarlarining xususiy kolleksiyasiga ega bo‘lgan birinchi va yagona mehmonxona
JOALI Maldives – Maldiv orollarida zamonaviy san’at asarlarining xususiy kolleksiyasiga ega bo‘lgan birinchi va yagona kurort. Mehmonxona hududida dunyoning turli burchaklaridan kelgan 13 rassom va dizaynerlarning ishlari tabiiy muhitga uyg‘unlashtirilgan holda joylashtirilgan.
Tabiatga e’tibor
Kurort Male xalqaro aeroportidan gidroplan bilan 45 daqiqalik masofada joylashgan bo‘lib, mehmonlarga 73 ta villa, ikkita rezidensiya, xususiy plyaj, restoran va barlar, spa-markazlar, kutubxona va firma do‘konini taklif etadi. Nozik dizayn va me’moriy ijro mashhur Istanbullik Autoban byurosi zimmasiga yuklatilgan. Interyerni bezashda yog‘och panellar, mahalliy daraxt turlari, bambuk va terrazzo ishlatilgan bo‘lib, bu tropik o‘rmon muhitini yaratadi va orolning tabiiy florasiga uyg‘un ravishda moslashadi.
JOALI Maldives hududida spa muolajalar uchun shifobaxsh o‘tlar yetishtirilayotgan organik bog‘ ham mavjud. Kurort eko-hashamatga alohida e’tibor qaratadi: mehmonlar mahalliy tabiatni muhofaza qilish loyihalarida ishtirok etishlari mumkin, mehmonxona hududida ishlatiladigan barcha plastik qayta ishlanadi.
Har bir detaldagi san’at
JOALI Maldives kuroroti “Joie de vivre” – har bir lahzadan zavqlanib yashash falsafasini aks ettiradi. Bu yerda har bir burchak va detal o‘ziga xos san’at asaridir. Mehmonlarni to‘liq jalb qilish uchun vakillar mehmonxona hududidagi rassomlar va ularning ishlari haqida so‘zlab beruvchi badiiy xarita yaratishdi.
Daraxtdagi uylar va qarqarasimon o‘rindiqlar
Ushbu san’at asarlari janubiy afrikalik (Cape Town shahridan) dizayner Porki Xefer tomonidan yaratilgan. Maldiv orollarining milliy qushi hisoblangan kulrang qarqara JOALI tashkilotining ramziy timsoli ham hisoblanadi.
Maldives Vibes haykali
Yosh isroillik rassom Zemer Peled Maldiv orollarining yorqin va ko‘p qirrali suv osti dunyosidan ilhom oladi. U o‘z asarlarida bu hududga ta’sir ko‘rsatgan marjon rangsizlanishi muammosiga e’tiborni jalb qiladi.
Tabiiy materiallardan yasalgan devor gilamlari
Janubiy koreyalik rassom Sujin Kang faqat tabiiy materiallardan foydalangan holda murakkab gilamlarni yaratdi. Bu gilamlarning uzun iplari kurortdagi plyaj villalarining yotoqxonalarini nozik bezab, ularga alohida joziba baxsh etadi.
Keramik mini-kursilar
Venesuellalik rassom Reynaldo Sangino tomonidan yaratilgan kursilar Gviana yassitog‘li daryolarining loyidan yasalgan. Ular uchun Venesuelladagi ulug‘vor Tepui tog‘ cho‘qqilari va qum soatlarining nafis egri chiziqlari ilhom manbai bo‘lgan.