Kelajakka qaytish
Bu mavsumda pardozning asosiy e’tibori kipriklarga qaratiladi. Retro-futurizmdan ilhomlangan vizajistlar zamonaviy san’at uslubidagi obrazlarni taklif etmoqdalar
Pardoz san’ati sifatida – pop-art, shuningdek, 70-80-yillarning kayfiyati, ranglari va shakllari har qachongidan ham dolzarbdir. Rangdor metallik, plastiklashtirilgan va skulpturali kipriklar sizni unutib bo‘lmaydigan yulduzga aylantiradi.
70-yillar vaybi
Pardozda nozik moviy va nafis pushti ranglar, shuningdek, och tilla rang blond yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bularni vizajistlar tanlagan majenta rangdagi kipriklar yanada bo‘rttiradi. Kuzning urfga kirgan rangi och ranglar fonida yangidan namoyon bo‘ldi.
Yangicha nigoh
Nigohga ma’nodorlik bag‘ishlash uchun an’anaviy usul va vositalardan foydalanish va klassik uslubni yorqin urg‘u bilan kuchaytirish mumkin. Ko‘z pardozida vizajistlar tabiiylik va iliq ranglarga e’tibor qaratib, L.O.V. Cosmetics brendining sarg‘ish rangdagi tenlaridan hamda Saint Laurent brendining kiprik uchun tushidan foydalandilar. Pastki qovoqlardagi qizil nuqtalar esa Make Up Forever brendining lab layneri yordamida chizilgan.
Shakllar o‘yini
Grafika ilhom manbai sifatida – modelning obrazida sochlarning yuraksimon shakldagi turmaklanishi kipriklarning keskin egilishi bilan uyg‘unlashadi. Bundan zavqlanamiz va o‘z fotosessiyalarimiz uchun g‘oyalarni eslab qolamiz.
Andy bizning yodimizda
Toza va silliq terida rangli tenlar Andy Warhol uslubidagi pop-art effektini yaratadi. Bu mavsumda o‘z pardozimizni san’at asariga aylantirish imkoniyatiga egamiz. Pastki va yuqori qovoqlarga turli rangdagi ranglarni surtib, sun’iy kipriklar qo‘shaylik-da, dunyoni zabt etishga otlanaylik.
Qarama-qarshiliklar bilan
Vizajistlar nigohni ifodali qilishning odatiy usulidan iloji boricha uzoqlashishni tavsiya etmoqdalar. Qalin shaffof bo‘lmagan teksturaga ega rangli tenlar bilan qurollanib, kipriklarga ularga kontrast bo‘ladigan tush surtamiz: bizning wow-effekt kafolatlandi!
Zamon chaqiriqlari
3D effektini hosil qilish uchun odatiy shakllardan tashqariga chiqing: vizajistlar qora podvodkadan foydalanib ingichka strelka chizishdi va yuqorisiga fuksiya rangini qo‘shishdi. Hajmli kipriklar taassurotni yanada kuchaytiradi. Bunday ko‘rinishni takrorlashni rejalashtirganingizda, «neytral fon» haqida unutmang – teri rangiga mos keladigan tonal asos va lab bo‘yog‘idan foydalaning.
Coordenação de Produção de Moda: Diego Tofolo
Produção de Moda: Laitânia Gomes e Thiago Torres
Produção Executiva: Izabela Ribeiro
Tratamento de Imagem: Thiago Auge
Assistentes de beleza: Moisés Costa, Graziela Magalhães e Vitória Cavalcante
Nail designer: Thayna Dandara,
Assistentes de foto: Gabriel Brito (Gael), João Victor Nascimento (Cazuza) e Jonathas Santos (Joe)
Modelos: Kaylane Sousa (Bossa), Maiara Silva (Bossa) e Lola Gleich (Way)