Biriktirilgan bezaklar: sumkalarga breloklar osish
Har bir detalgacha yondashilgan ijodkorlik
Sumkalarni turli xil breloklar (osma bezakli zanjirlar) bilan bezash tendensiyasi ijtimoiy tarmoqlarda “Jane Birkin effect” deb nom oldi. Bunga sabab, uning Hermes sumkalariga breloklarni osib qo‘yishga kuchayib ketgan qiziqishi bo‘ldi. Jane ko‘pincha ipga terilgan qiziqarli munchoqlar, fotosuratlar va qo‘lga ilinadigan har xil bezakli elementlarni sumkalarining har chekkasiga o‘zgacha mehr bilan osib yurardi.
Dizaynerlar internetda aylangan ana shu trendni birpasda o‘zlashtirib oldilar. Ular 2024-yilning bahor-yoz mavsumidagi ko‘rgazmalar va lookbooklarda ana shunday aksessuarlarning xilma-xilligini taqdim etishdi.
Shunday qilib, Balenciaga o‘z sumkalariga qulflar, kalitlar, yurakchalar, tangalar, zanjirlar, popuklar, Eyfel minorasi ko‘rinishidagi va boshqa ko‘plab aksessuarlarni osib tashladi.
ELLE jahon moda haftaliklarida streetstyle (ko‘cha uslubi)ga tegishli bir nechta namunalarni to‘pladi.