Kichik odatlarning kuchi:
oson va stresssiz pul jamg‘arishni qanday o‘rganish mumkin

Biz ko‘pincha “pulni boshqarishni bilish kerak” yoki “kelajak uchun jamg‘arish muhim” degan gaplarni eshitamiz, lekin buni real hayotda qanday amalga oshirish haqida kamdan-kam o‘ylaymiz. Muhim narsa uchun pul yig‘ish – bu orzudagi sayohat, yangi mashina yoki shunchaki moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi bo‘lsin – juda qiyin tuyuladi. Doimo shoshilinch chiqimlar, kutilmagan sarf-xarajatlar va ba’zida rad etishimiz qiyin bo‘lgan oddiy impulsiv istaklar paydo bo‘ladi.
Ammo jamg‘arish jarayoni hayotda keskin o‘zgarishlarni talab qilmasa-chi? Moliyaviy barqarorlikning kaliti qat’iy byudjet va hamma narsada tejamkorlik emas, balki oddiy, ammo foydali odat bo‘lsa-chi?
Stresssiz moliyaviy savodxonlik
Bolaligimizda hammamizga “Pulni olib qo‘y, kerak bo‘ladi”, deyishardi. Ammo buni qanday qilish kerakligini kamdan-kam odam tushuntirgan. Ko‘pchilik jamg‘arishni qat’iy cheklovlar, murakkab hisob-kitoblar va hayot lazzatlaridan voz kechish, deb tasavvur qiladi. Aslida esa hammasi ancha oddiy.
Moliyaviy odat ertalab suv ichish yoki badantarbiya qilish kabi odatiy holdir. Asosiysi, pul yig‘ish ertalab telefonni tekshirish kabi tabiiy bo‘ladigan ritmni ishlab chiqishdir.
Tajribani sinab ko‘ring: bir oy davomida har maoshdan keyin alohida hisob raqamiga kichik miqdorda pul o‘tkazing. Mayli, bu siz uchun ahamiyatsiz summa bo‘lsin – o‘n ming yoki yuz ming so‘m. Asosiysi raqam emas, jarayonning o‘zi. Bir oydan so‘ng jamg‘armangiz ko‘payib borayotganini va bu sizning kundalik hayotingizga umuman xalaqit bermayotganini sezasiz. Demak, odat ishlay boshlaydi.
Kichik qadamlar – katta yutuqlar
Laylo anchadan beri yangi mashina olishni orzu qilardi. U kredit olishi yoki qarindoshlaridan yordam so‘rashi mumkin edi, lekin u boshqa yo‘ldan borishga qaror qildi. Bir kuni u shunchaki har oy ma’lum miqdorda pul jamg‘arishni odat qilib oldi. Katta yoki kichik bo‘lishining ahamiyati yo‘q – muhimi, jarayon davom etmoqda. Endi uning orzusi tobora haqiqatga aylanmoqda.
Nodira esa sayohat qilishni orzu qiladi. U yo‘lga chiqishdan oldin pul haqida qayg‘urishni istamaydi, shuning uchun oldindan oz-ozdan pul yig‘adi. Ammo uning siri boshqa – u faqat sayohat uchun pul yig‘maydi, balki kundalik xarajatlarni ham oqilona boshqaradi. Buning uchun u bir nechta jamg‘arma hisob raqamlarini ochgan: biri benzin uchun, ikkinchisi sport uchun, uchinchisi kafe va ko‘ngilochar joylar uchun, to‘rtinchisi esa kutilmagan xarajatlar uchun. Shunday qilib, uning moliyasi to‘liq nazorat ostida qoladi va istaklari ham qondiriladi.
Oqilona yondashuvning mohiyati ham shunda: siz shunchaki pulni “uzoqqa” olib qo‘ymaysiz, balki maqsadlaringizni amalga oshirishga yordam beradigan qulay tizim yaratasiz.
Qanday qilib orzuni maqsadga, maqsadni esa haqiqatga aylantirish mumkin?
Jamg‘arishning asosiy qoidasi summa emas, balki muntazamlikdir. Tasavvur qiling, siz yugurishni o‘rganmoqchisiz. Agar oyda bir marta yugurishga chiqsangiz, natija bo‘lmaydi. Ammo har kuni 10 daqiqadan yugurishni boshlasangiz, bir necha oydan so‘ng tanangiz bunga ko‘nikib, yugurish odatiy holga aylanadi.
Moliya masalasida ham xuddi shunday. Avvaliga bu minimal summa bo‘lsin, lekin asosiysi buni muntazam ravishda bajarish. Bugun siz kichik quvonchlar uchun jamg‘arasiz, ertaga esa bu katta narsa – sayohat, mashina, kvartira yoki shunchaki ertangi kunga ishonch uchun asos bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy barqarorlik qat’iy tejamkorlik va hayot quvonchlaridan voz kechish degani emas. Bu tanlov erkinligi va xohlagan narsani qilish imkoniyati demakdir. U esa oddiy odat – pulni o‘zingizga qulay tarzda jamg‘arishdan boshlanadi.
Bu odat uchun qulay platforma TBC Omonat dasturi bo‘lishi mumkin. Omonatlar tizimi tushunarli bo‘lib, uning yordamida siz qo‘ygan pullar foizlarda o‘sadi. Shaffoflik va foydalanish qulayligi – Omonatning asosi. Bu pulni osonlikcha, sezilmay, ammo salmoqli natija bilan jamg‘arish imkonini beruvchi vositadir. Omonat uchun qulay summani tanlang va mablag‘laringiz siz uchun qanday ishlayotganini kuzating.
Orzuni qanday qilib haqiqatga aylantirish mumkin?
- TBC UZ ilovasini yuklab oling – hech qanday navbat va qog‘ozbozliklarsiz.
- Ro‘yxatdan o‘ting va kartani qo‘shing.
- Omonat oching – aynan sizga mos keladigan shartlarni tanlang.
Endi qulay fursatni kutib o‘tirishning hojati yo‘q. Moliyaviy barqarorlik – bu shunchaki yaxshi odat.
Suratlar TBC Bank tomonidan taqdim etildi