Kim Jons Fendi brendini tark etdi
U badiiy rahbar lavozimida ishlagan
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/10/Dizajn-bez-nazvaniya-2-7.png)
Britaniyalik dizayner Kim Jons “Fendi” moda uyini tark etdi. U to‘rt yil davomida badiiy direktor lavozimida ishlagan.
"Kim Jons o‘zining zamonaviy va madaniyatlararo madaniy ta’bini Fendi tarixiy merosi bilan uyg‘unlashtirgan holda brend ijodiy merosiga salmoqli hissa qo‘shdi", - deyiladi kompaniya bayonotida.
Dizayner “Dior”da erkaklar kolleksiyasi bo‘yicha badiiy direktor sifatida ishlashni davom ettiradi.