Kitob sahifalaridagi yuqori moda

Albatta o‘qishga arzigulik asarlar

Fotо: Instagram / bardgradcenter

Moda – bu butun bir san’at va o‘zini ifoda etish usuli. Yuqori moda tarixi esa sirlilik, nafislik va sanoatda iz qoldirgan afsonaviy nomlar bilan to‘la. ELLE O‘zbekiston tahririyati sizga kitoblar to‘plamini taqdim etmoqda. Ular yordamida siz daho dizaynerlar tarixiga sho‘ng‘ishingiz, kutyur sirlarini ochishingiz va moda davrlar hamda hayot tarzlarini qanday shakllantirganini bilib olishingiz mumkin.

Garriet Uorslou, “Moda ramzlari: dunyoni o‘zgartirgan ayollar”

Kitob moda sanoatiga ta’sir ko‘rsatgan, uslub haqidagi tasavvurni o‘zgartirgan va o‘n yillab davom etgan tendensiyalarni belgilagan mashhur ayollar haqida hikoya qiladi. Koko Shaneldan tortib Vivyen Vestvudgacha – modani davr va o‘zini ifodalash ramziga aylantirganlar tarixi.

Kristian Dior, “Dior. Moda lug‘ati: kiyinishni o‘rganing: ayollar uchun qo‘llanma”

Afsonaviy dizaynerdan haqiqiy uslub qomusi. Kitobda garderobni to‘g‘ri tanlash, matolar va bichimlami uyg‘unlashtirish, eng muhimi, har qanday vaziyatda nafis ko‘rinish bo‘yicha maslahatlar jamlangan.

Noel Lovinski-Palomo, “Moda va modelyerlar”

Eng buyuk modelyerlarning tarjimayi hollari orqali moda tarixiga sho‘ng‘ish. Muallif tendensiyalar qanday o‘zgarganini, mashhur obrazlarni yaratish ortida qanday shaxslar turganini va moda qanday qilib jahon madaniyatining bir qismiga aylanganini ochib beradi.

Same Jani, “Yuqori moda”

Kitob kutyur san’ati va yuqori moda olamining sirlarini ochib beradi. Dastlabki atelelardan tortib zamonaviy moda uylarigacha: eksklyuziv kolleksiyalar qanday yaratilishi va hashamatning asosini qanday tamoyillar tashkil etishini bilib olishingiz mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles