Kitten-heel – mitti kablukli ayollar poyabzali
Ular nimasi bilan qulay va ularni qanday kiyish mumkin.
Kablukli oyoq kiyim ayol kishining sarv-qomatiga alohida joziba qo‘shgani bilan lekin ko‘pchilik uchun umuman noqulay hisoblanadi. Ayniqsa, 7-8 santimetrli oyoq kiyimlarni kuni bilan kiyib yuradiganlar ko‘p emas. Krossovkalarni yechib kabluk kiymoqchi bo‘lganlar nima qilsin? Bahor-yoz 2024 mavsumida bu vazifani Kitten-heel poyabzallari hal qilishi mumkin. Kabluk balandligi 5 smdan oshmaydigan poyabzal o‘sha qulaylikni ta’minlab beradi.
O‘tgan asrning 50-yillarida past poshnadagi poyabzallar juda mashhur bo‘lgan. Birinchi ularni osmir qizlar sport mashgulotlari uchun kiyishgan. Keyinchalik balandroq kablukli oyoq kiyimga o‘tishgan. Kitten-heel oyoq kiyimlariga haqiqiy mashhurlikni Audrey Hepburn olib keldi.
Past kablukdagi qora tuflilar har qanday obrazni qutqaradi. Xohlasangiz jinsi shimlar, yoki romantik bluzkalar va hattoki 70-yil modasida bichilgan ko‘ylaklarga ham to‘g‘ri keladi.
To‘q qizil rangdagi tuflilar elegant kayfiyatini baxshida etadi, oqlari esa yorqin kiyimlarni tinchlaniradi. Boshqa yorqin variantlarni, masalan moviy ko‘k rangdagisi yoki sariq va pushti rangdagi oyoq kiyimlarni urg‘u sifatida obrazda uyg‘unlantirish mumkin. Modani sevadigan qizlar bunday oyoq kiyimlarni uzun oq paypoqlar bilan kiyishdan qo‘rqishmaydi.