Koreya pardozi: terining yorqin jilosi va nafis teksturalar
Koreys yorqinligi siri sinovdan o‘tgan K-beauty mahsulotlarda

Tabiiy jilva, minimal pardoz va maksimal parvarish – K-beauty inqilobi boshlangan tendensiya dunyoni zabt etishda davom etmoqda. Koreys pardozida ortiqchalikning o‘rni yo‘q: barcha jihatlar terining sog‘lomligi va uning ichki porlashini ko‘rsatishga qaratilgan.
Biz mukammal yengil tusdan tortib, labdagi nozik urg‘ulargacha bu effektni qayta yaratishga yordam beradigan koreys brendlarining eng yaxshi vositalarini to‘pladik.
Erborian CC Crème
Yengil CC-krem, rangni tekislaydi va terini yoritadi

fotо: instagram \ @erborian
Teriga surtilganda “ochilib”, uning rangiga moslashadigan mikropigmentli emulsiya. Yarim shaffof qoplama teri rangini tekislab, qizarishlarni yashiradi va teriga parvarishlangan ko‘rinish beradi. Osiyo sentellasi ekstrakti tufayli qo‘shimcha tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Bir vaqtning o‘zida teri rangi korrektori, parvarish vositasi va praymer vazifasini bajaradi.
Missha M Perfect Cover BB Cream SPF42 PA+++
Zich qoplamali va qarishga qarshi ta’sirga ega BB-krem

fotо: instagram \ @missha.official
Xalqaro bestsellarga aylangan dastlabki koreys BB kremlaridan biri. Tonal asos kabi zich qoplaydi, ammo terida og‘irlik sezilmaydi. Tarkibida gialuron kislotasi, keramidlar va arbutin mavjud. Terini ortiqcha yuklamasdan pigmentatsiya yoki postakne izlarini yashirmoqchi bo‘lganlar uchun juda qulay.
Clio Kill Cover Mesh Glow Cushion
Tiniq, nam teri effektiga ega kushon

fotо: instagram \ @clio_official
O‘rtacha qoplama bilan yorqin yakun beradi - teri "nam" va tetik ko‘rinadi. Safarda qulay, oson qatlamlanadi, teri po‘stlog‘ining ko‘chishini bo‘rttirmaydi. Ko‘pincha BB-kremdan keyin ikkinchi bosqich sifatida — yuzni "yaltiroq" qilish uchun qo‘llaniladi. Tarkibida niatsinamid va patentlangan True Moisture kompleksi mavjud.
Holika Holika Piece Matching Eyeshadow
Yumshoq teksturali va namlangan soyalar

fotо: instagram \ @holikaholika_official
Moyli tarkibga ega formula pigmentni barmoqlar bilan oson tarqatib, "tabiiy teri" ko‘rinishini yaratish imkonini beradi. Eng ko‘p sotiladiganlari #G02 (oltin-shampan jilosiga ega) va #M04 (shaftoli-bej tusli) ranglardir. Soyalar to‘kilmaydi va kun davomida o‘z holatini saqlab qoladi.
Etude The Real Eye Brow Auto
Tabiiy qoshlar uchun burchakli qiya qalam

fotо: instagram \ @etudeofficial
Bu mahsulot qoshlarni yumshoq va tabiiy ko‘rinishga keltiradi. Quruq tuzilishi va xira rang gammasi (kulrang-jigarrang tuslar) tufayli qoshlar gelsiz ham tabiiy ko‘rinadi. Bir tomonida avtomatik qalam, boshqa tomonida esa cho‘tka mavjud.
Peripera Ink Airy Velvet
Baxmal qoplamali va to‘yingan rangli kremli tint

fotо: instagram \ @peripera_official
Ink Velvet — Periperaning eng mashhur mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Zardobli versiyasidan farqli o‘laroq, bu tint yanada quyuqroq muss teksturasiga ega bo‘lib, u yupqa parda kabi yotadi va shu bilan birga juda yaxshi pigmentlangan. Foydalanishi qulay, lablarni quritmaydi va kun bo‘yi saqlanib qoladi. U ham to‘liq qoplash, ham gradiyent effekti uchun mos keladi.
3CE Take A Layer Multi Pot
Yonoqlar, lablar va qovoqlar uchun 3-in-1 universal vosita

fotо: instagram \ @3ce_official
Kremsimon tuzilma terida eriydi va osongina dimlanadi. U xuddi siz endi plyaj sayridan qaytgandek “sog‘lom yonoq qizilligi” effektini beradi. #Cabbage Rose tusi eng ommalashganidir. Bir xil rangdagi pardoz K-go‘zallikning sevimli usullaridan biri bo‘lib, Multi Pot buning uchun juda mos keladi.