La croisière: Jacquemus, 2025-yil bahor-yoz

iPhone bilan suratga olish va 1900-yillarning haykallari

03 Fev 2025
Foto: SPOTLIGHT/Jacquemus

Simon Port Jakmus ar-deko uslubidagi kvartirada bahor-yoz kolleksiyasini namoyish etdi – bu kvartira Parijlik me’mor Ogyust Perre tomonidan loyihalangan. Namoyish iPhone 16 Pro Max bilan suratga olingan va sahna bezagi sifatida Aristid Mayolning 1930-yilgi “Sochini tarabycho‘milayotgan ayol” va 1900-yilgi “Ko‘zlarini yopayotgan ayol” haykallaridan foydalanilgan.

Foto: SPOTLIGHT/Jacquemus

Quyoshsimon yubkalar qattiq organzadan tikilgan bomberlar bilan, baland yoqali kurtkalar charm kamarlar bilan, keng shimlar esa yelkalari tushirilgan pidjaklar bilan uyg‘unlashtirilgan. Jakmus nafaqat shimlar, balki kamerband yordamida ham belga urg‘u bergan. Geometrik top va qalam yubkadan iborat to‘plam bananlar bilan, opera palto esa yirtqichlar naqshi bilan to‘ldirilgan. Dizayner qora-oq ranglarni nozik sariq, to‘q qizil va to‘q ko‘k ranglar bilan boyitgan.

Foto: SPOTLIGHT/Jacquemus

Modellar orasida Kristi Tarlington, Adriana Lima, Irina Shayk va Dautsen Krez bor. Ular tovoni ochiq tuflilari, Nike bilan hamkorlikdagi Cortez krossovkalari, charm loferlar va to‘rtburchak burunli tuflilarda chiqish qilishdi. Klapanli cho‘zinchoq klatchlar va o‘ynoqi breloklar obrazlarga yakun yasadi.

Foto: SPOTLIGHT/Jacquemus

Foto: SPOTLIGHT/Jacquemus

Foto: SPOTLIGHT/Jacquemus

Foto: SPOTLIGHT/Jacquemus

Foto: SPOTLIGHT/Jacquemus

Maqolani baham ko'ring

Related articles