Lacoste Van Ibo bilan yaratilgan kapsula kolleksiyasini taqdim etdi
To‘rtta obraz brendning Shanxaydagi kuz–qish 2026 namoyishidan o‘rin oldi.
Lacoste global elchisi Van Ibo (Wang Yibo) bilan hamkorlikda yaratilgan kapsula kolleksiyasini namoyish etdi. To‘rtta obrazdan iborat kapsula 22-oktabr kuni Shanxaydagi Guangfulin bog‘ida o‘tkazilgan kuz–qish 2026 namoyishida taqdim etildi.
Hamkorlik xitoylik artistning shaxsiy uslubi va brendning sport merosini birlashtiradi. Bu Lacoste va Van Ibo o‘rtasida 2024-yilda boshlangan hamkorlikning yangi ijodiy bosqichidir.

Shanxaydagi «Washed Out Match, Reimagined» namoyishi avval Parijda taqdim etilgan kolleksiyaga yangicha talqin berdi. Suv va tarixiy me’morchilik uning yomg‘irli tennis uchrashuvidan ilhomlangan g‘oyasini davom ettirdi. Namoyish doirasida kolleksiyaning ayrim buyumlari see-now, buy-now formatida — taqdimot vaqtidayoq xarid qilish uchun taklif etildi.
