Lali Buxarodagi Biyennaleda
Karvonsaroydagi pop-up

6-sentyabr kuni Buxoroda ilk zamonaviy san’at Biyennalesi doirasida Lali brendining pop-up maydoni ochiladi. Tarixiy No‘g‘ay karvonsaroyining hujrasida joylashgan mazkur maydonda Buxoro zardo‘zligi an’analaridan ilhomlanib yaratilgan to‘plam taqdim etiladi.
Ekspozitsiya O‘zbekiston beshikchi ustalari bilan hamkorlikda yaratilgan eksklyuziv yog‘och installyatsiyalarga o‘rnatilgan. Milliy beshigimiz esa mintaqa san’atida yangi davr tug‘ilishining ramziy timsoliga aylandi.