LALI Xitoyda ilk bor taqdim etildi

EuroAsia Fashion Week

28 Sen 2025
fото: Instagram / Lalifashion

O‘zbekiston brendi Xitoy hukumatining taklifi bilan rasmiy mehmon dasturi doirasida Urumchidagi EuroAsia Fashion Week‘da ilk bor yuqori moda to‘plamini namoyish etdi.

Podiumda Fall-Winter 2025/26 to‘plamining sara liboslari va Parijdagi  Artisanal Treasures ko‘rgazmasidan mashhur choponning qizil varianti taqdim etildi. Buyumga qadimiy Buxoroning ko‘p asrlik hunarmandchilik an’analariga ehtirom ko‘rsatgan holda buxorolik zardo‘zlar tomonidan qo‘lda ishlov berilgan. Namoyish moda haftaligining bosh maydonida o‘tkazildi. LALI  brendining ishtiroki O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy almashuvning bir qismiga aylandi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles