Leopard naqsh: 2024 yilning bahorgi mavsumida uni qanday kiyish mumkin

Bachkana emas, balki Mob Vayf estetikasi.

06 Iyun 2024

2024 yil bahor-yoz trendlari bir necha yildan so'ng urfga qaytish orqali uyg'onishni boshdan kechirmoqda/jonlanmoqda. Yirqichtlarga xos bo’lgan leopard naqshi ma’lum bir vaqt ko’rinish bermasdan, hozirda influenserlar kiyim jovoniga qaytdi. 

Bir paytlar rok-n-roll bilan qiyoslangan va bachkana deb hisoblangan bo'lsada, bugungi kunda u sizga ichki ishonch bag’ishlaydi hamda yanada dadil va xotirjam his qilish imkoniyatini beradi. Faqatgina leopard naqshli kiyimlarni kundalik ko’rinishingizga qo’shishda juda diqqatli bo’lishingiz kerak va buning uchun bir dona aksent element qo’shishingiz mumkin.

Animalistik shimlar yoki shoyi yubkalarni sodda ustki kiyim bilan uyg’unlashtirish mumkin: bir xil rangli ko'ylak, tugmalar o'rniga bantiklari bo’lgan bluzka yoki sodda futbolka bilan, ko'rinishni esa erkaklar bichimidagi hajmli kostyum bilan yakunlashingiz mumkin. Aksincha, "yirtqich" ustki kiyimni klassik shimlar yoki erkin jinsi shimlar bilan mos tushadi.

Ushbu naqsh qora, och jigarrang, jigarrang, kulrang va oq ranglar bilan yaxshi chiqishadi – ushbu ranglar naqshlarni takrorlaydi va shuning bilan butun ko'rinishni muvozanatlashtiradi. Jur’atlilar esa qizil, pushti va, masalan, yashil ranglarni qo'shishlari mumkin.

Poyabzal tanlash orqali ko’rinishingizga urg'u berishingiz mumkin – baland yoki past poshnali poyabzal yoki krossovkalar. Bundan tashqari, aksessuarlarga ham e’tiborli bo’lsangiz arziydi - leopard naqshli sumka yoki ko'zoynak asosiy ko'rinishni butunlay boshqacha ko’rinishiga imkon beradi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles