Loewe: Ispan brendining tarixi
XIX asr markasi qanday qilib dunyoning eng mashhur moda brendiga aylandi
Loewe – eng qadimiy moda uylaridan biri bo‘lib, 2024-yilda 178 yoshga to‘ladi. Jonathan Anderson 10 yildan oshiq vaqt mobaynida brendni boshqarib kelmoqda. Shu o‘tgan vaqt mobaynida Loewe ijoddan to‘xtagani yo‘q. Poshnaning pastki qismi o‘rniga singan tuxum, ko‘ylaklardagi gipertrofiyalangan anturium gullari… va bu bir qismigina xolos. Ammo ispan moda uyi har doim ham shunday bo‘lmagan.
Uni charm ustalari o‘ylab topishgan. 1846-yildayoq, kompaniya sumkalar va aksessuarlar tikishga ixtisoslashgan. Loewe o‘sha paytda o‘z yo‘nalishida eng ko‘zga ko‘ringani bo‘ldi, bu esa 1905-yilda Ispaniya Qirollik uyiga rasmiy yetkazib beruvchi bo‘lishiga imkon berdi.
Ispaniya qiroli Alfonso XIII ning rafiqasi, qirolicha Viktoriya Yevgeniya “Principe de Madrid” ko‘chasida joylashgan do‘konda tez-tez mehmon bo‘lib turardi. Sophia Loren, Ernest Hemingway va Marlene Dietrich Loewe brendidan ko‘plab xaridlarni amalga oshirar edi.
Brend o‘z nomini Loewe tashkil etilganiga roppa-rosa o‘ttiz yil o‘tgach, nemis charm-teri ustasi Enrike Loewe Rossberg tufayli qo‘lga kiritdi. 19 65-yilda birinchi ayollar kiyimi kolleksiyasi chiqarildi. Bu esa kompaniya tarixidagi burilish nuqtasi bo‘ldi.
1970-yilda esa, Anagramning 4 L harfli logotipi paydo bo‘ldi. Karl Lagerfeldning ishtiroki haqidagi mish-mishlarga qaramasdan, logotip rassom Visente Vel tomonidan yaratildi. Karl esa ijod yo‘lining boshlanishida brendning ayollar yo‘nalishida ishladi. O‘sha vaqtda kompaniya boshqaruvchisi Enrike Loewe Linch erkaklar yo‘nalishida faoliyat olib borgan Giorgio Armani bilan shartnoma tuzdi.
Tez orada Loewe “L de Loewe” nomi ostida ilk iforini chiqardi. Iforning chiqarilishi muvaffaqiyatli bo‘ldi. Shuning uchun moda uyi boshqa iforli atirlarni ham chiqara boshladi. 1987-yilda Loewe Esencia, 1994-yilda esa Loewe Aura, 2004-yilda Loewe Solo. Ispaniyaning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi, yorqin ranglarga boy tabiatini eslatuvchi Loewe iforlari mijozlarning mehrini qozondi.
Loewe muvaffaqiyatini ko‘rgan LVMN konglomerati distribyuterlikni (xalqaro tarqatish huquqlari) ni sotib oldi. Keyinchalik esa kompaniyani butunlay sotib oldi.
Loewe brendi LVMNga o‘tgach, uning birinchi ijodiy direktori Narciso Rodriguez bo‘ldi. U faoliyati davomida muhim ishlarni amalga oshirdi. Brend tamoman yangilanib, kolleksiyalarga zamonaviy va minimal nafislikni olib kirdi. Uning rahbarligida xalqaro bozorda birinchi do‘konlar ochildi.
2024-yilda esa Loewe brendining ijodiy direktori Jonathan Anderson faoliyat yuritmoqda. U o‘z lavozimida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida ishlab keladi. Jonathanning qarashlari tufayli juda konservativ va an’anaviy Moda uyi o‘zgardi. Piksel san’ati ko‘rinishidagi pop-madaniyati 2023-yilning bahor-yoz mavsumi kolleksiyalarida o‘z aksini topdi. Singan tuxumlar, shamlar, g‘ayrioddiy va kulgili atirgulli poshnalar inflyuyenserlar e’tiborini qozonishga yordam berdi.
Jonathan Loewe Craft Prize-dunyodagi birinchi xalqaro zamonaviy hunarmandchilik mukofotiga asos soldi. Bundan maqsad, estetik qiymat bilan yaratish qobiliyatini namoyish etayotgan hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlashdir. Brend moda, hunarmandchilik va madaniyatni birlashtiradi.
2023-yilda Lyst moda platformasi Pradani moda cho‘qqisidan tushirib, Loewe brendini dunyodagi eng mashhur brend deb atadi.