Luvrdagi moda ko‘rgazmasi
Bir milliondan ortiq inson tashrif buyurdi

Luvrning ilk moda ko‘rgazmasi Louvre Couture: Art and Fashion — Statement Pieces 24-avgust kuni yakunlanib, yetti oy davomida 1 million 59 ming tashrif buyuruvchini jalb etdi. Ko‘rgazmada Jacquemus, Rick Owens, Iris Van Herpen va Marine Serre kabi 45 nafar dizaynerdan 65 xil zamonaviy qiyofa va 35 ta aksessuar muzeyning dekorativ san’at bo‘limidagi tarixiy eksponatlar bilan birgalikda namoyish etildi. Ekspozitsiya muzeyning dekorativ san’at bo‘limida 9 ming kvadrat metrga yaqin maydonni egalladi.
Dastlab loyiha olti oyga mo‘ljallangan edi, biroq katta qiziqish tufayli u yana bir oyga uzaytirildi. Barcha moda uylari o‘z asarlarini yana bir oyga qoldirishga ikkilanmay rozi bo‘lishdi.
Kurator Olivye Gabening ta’kidlashicha, ko‘rgazma yosh auditoriyani o‘ziga jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi hamda Luvr tarixida 2019-yildagi Leonardo da Vinchi ko‘rgazmasidan keyin eng ko‘p tashrif buyuruvchini to‘plagan ikkinchi ko‘rgazma bo‘ldi.