Lyuis Xemilton va Dior

“Afroturizm” tadqiqoti

Foto: INSTAGRAM / HIGHSNOBIETYSTYLE

Formula-1’ning yetti karra g‘olibi Lyuis Xemilton Dior’ning yangi kapsula kolleksiyasida “Afroturizm”ni tadqiq etmoqda.
Afroturistik g‘oyalardan ilhom olingan kapsula kolleksiyasi iyul oyida sotuvga chiqadi. Unda erkin bichimli, qoplon naqshli tvid bomberlar, dag‘al botinkalar va chelak shlyapalar bilan uyg‘unlashgan keng shimlar, shuningdek, grafik naqshli nimchalar o‘rin olgan.

Xemilton ekologik yondashuv tarafdori bo‘lib, kapsula kolleksiyasida tabiiy teri o‘rniga qayta ishlangan matolardan foydalangan. Ushbu to‘plam Lyuis brend elchisi sifatida ilgari surayotgan o‘zini erkin ifoda etish falsafasini aks ettiradi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles