Mariya Gratsiya Kyuri: Dior tarixidagi ayol ovozi

Erkinlik manifesti

04 Fev 2025
foto: instagram/mariagraziachiuri

Mariya Gratsiya Kyuri – Dior tarixidagi birinchi ayol ijodiy direktor bo‘lib, u Modalar uyi merosini aql, erkinlik va kuch nuqtayi nazaridan qayta talqin qildi. 2016-yilda tayinlanganidan beri u podiumni zamonaviy ayolga – kuchli, mustaqil, o‘ziga ishongan yangi qarashni shakllantiradigan muloqot maydoniga aylantirdi.

Dior’ga yo‘l: Fendi aksessuarlaridan Valentino qayta tug‘ilishigacha

1964-yilda Rimda tug‘ilgan Mariya Gratsiya Kyuri bolaligidan san’at va moda muhitida o‘sdi. U Yevropa dizayn institutida (IED) tahsil olib, o‘zining nozik didi va tafsilotlarga e’tiborini rivojlantirdi.

Faoliyatini Fendi’da boshlab, u o‘zini aksessuarlar ustasi sifatida tanitti. Aynan shu yerda Kyuri modaning nafaqat kiyim, balki obrazga mukammallik baxsh etadigan puxta o‘ylangan tafsilotlar ekanligini angladi.

foto: instagram/mariagraziachiuri

Haqiqiy ijodiy yuksalish Valentino’da yuz berdi, u yerda Mariya Gratsiya 1999-yildan beri Perpaolo Pichcholi bilan hamkorlikda ishladi. Ularning hamkorligi brend uchun yangi davr timsoliga aylandi: romantizm, yengil matolar, qo‘lda tikilgan naqshlar va mukammal siluetlar Valentino’ni nafis hissiyotlar ramziga aylantirdi. Bu davrda ular Rockstud aksessuarlarining mashhur to‘plamini yaratdilar, bunda poyabzal va sumkadagi dadil parchinlar ayolik kuchi va jasoratini namoyish etuvchi ramziy elementga aylandi.

Dior yangi talqinda: intellektual moda va erkinlik silueti

2016-yilda Mariya Gratsiya Kyuri Diorga o‘tishga qaror qildi. Bu tayinlov brend va butun moda sanoati uchun o‘zgarish ramziga aylandi.

Kyuri bugungi kun ayolining obrazga mos kelishga intilmasligini, aksincha, uni o‘zi yaratishini anglab, individuallik davriga qadam qo‘ydi. Dastlabki kolleksiyalardanoq ma’lum bo‘ldiki, Kyuri Dior arxiv kodlarini shunchaki qayta tiklamaydi – ularni yangidan yozadi, ularga ma’no va zamonaviylik baxsh etadi. Debyut esdaqolarli bo‘ldi: 2017-yil bahor-yoz mavsumi to‘plami nigeriyalik yozuvchi Chimamanda Ngozi Adichining essesidan ilhomlangan “We Should All Be Feminists” futbolkasi bilan boshlandi. Bu nafaqat moda ifodasi, balki uning falsafasining ifodasiga aylandi: Dior nafaqat modalar uyiga, balki ayollarning jamiyatdagi o‘rni haqida suhbatlashish maydoniga aylandi.

foto: instagram/mariagraziachiuri

Dior’ning abadiy kodlari – New Look siluetlari, Bar jaketi, nafis to‘r yangi voqelikda namoyon bo‘ladi: qoliplarsiz, biroq o‘zgarmas nafosat bilan. Mariya Gratsiya rahbarligida Dior uyi yumshoqlik kasb etdi, ammo savoir-faire va zamonaviy hayot sur’atini uyg‘unlashtirgan holda o‘zining keskinligini yo‘qotmadi.

Mariya Gratsiya Kyuri shunchaki modani yaratmaydi, u madaniy muhitni shakllantiradi, unda uslub ovozga aylanadi. Uning Dior’i – bu kelajak tilida so‘zlashuvchi erkinlik, jasorat va go‘zallik.

Dior’da Mariya Gratsiya Kyuri uslubining asosiy unsurlari

Feministik estetika va ayol rassomlar, yozuvchilar hamda faollarga murojaatlar butun dunyo hunarmandlarining ishlaridan ilhom olgan qo‘lda tikilgan naqshlar bilan uyg‘unlashadi. Erkinlik hissini uyg‘otuvchi yengil matolar zamonaviy ayollik nuqtayi nazaridan Dior’ning ramziy siluetlarini qayta talqin qilish bilan yonma-yon turadi.

foto: instagram/mariagraziachiuri

Mariya Gratsiya Kyuri kutilmalarga qarshi chiqishdan va moda haqidagi an’anaviy tasavvur chegaralarini kengaytirishdan cho‘chimaydi. Uning qo‘lida Dior o‘zining tarixiy merosiga sodiq qoladi, ammo zamonaviy – harakat qiladigan, fikrlaydigan, his qiladigan va o‘z tarixini yaratuvchi ayolga yaqinroq bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles