Martin Marjelaning asarlari kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Kerry Taylor Auctions va Maurice Auction 300 dan ortiq savdo lotlarini taqdim etadi

Fotо: Instagram / maisonmargiela

Kerry Taylor Auctions va Maurice Auction auksion uylari 1988-yildan 1994-yilgacha Martin Marjelaning dastlabki asarlarini sotuvga qo‘yadi. Auksionda 300 dan ortiq lot taqdim etiladi.

Kimoshdi savdosi boshlanishidan ikki kun oldin dizaynerning aynan shu asarlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bu mahsulotlar Italiyaning namuna yaratish va kiyim ishlab chiqarish kompaniyasi Castor Fashion asoschilari, opa-singil Anjela va Elena Pikossilarga tegishli.

Marjelaga to‘liq bag‘ishlangan auksion 27-yanvar kuni Parijning 11-okrugidagi Volter bulvari, 81-uyda joylashgan tashlandiq binoda bo‘lib o‘tadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles