Jiddiy tanlov: Maksi yoki mini
Ikki uzunlikning zamonaviy uyg‘unligi
2024-yilning yoz mavsumida mini va maksi uzunliklari birinchilik uchun kurashmasdan, balki ikkisi ham teng kiyilmoqda. ELLE garderob uchun mini va maksi yubkalarning eng aktual fasonlarini to‘pladi.
Mini
Dizaynerlar yubka va ko‘ylaklarni haddan ziyod qisqartirishdi. Bel o‘rni pastroq (nizkaya posadka) yubkalar ketidan modaga Indie Sleaze “xipster” uslubi qaytdi. Hozirda, ayniqsa, tugmachali kalta yubkalar urfda. Shuningdek, garderobda yirik burmali yubkalar, qalin matodan tikilgan tekis yubkalar hamda keng turadigan ballon yubkalar ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunday yubkalarni longslivlar, polo, kostyumli nimchalar, keng rubashkalar yoki futbolkalar bilan kiyish mumkin.
Kalta yubkalarni kedalar, krossovkalar, baletkalar yoki tagi tekis slingbeklar bilan kiysa bo‘ladi. Poshnali poyabzallarni maksi uzunlikdagi yubkalar uchun olib qo‘ygan afzal.
Maksi
Kundan-kunga havo isib bormoqda. Bunday paytda, tanani nafas oldiradigan va harakatni cheklamaydigan maksi uzunligidagi yubkalar asqotadi. Qulaylik, zamonaviylik va nafislik aynan uzun yubkalar va ko‘ylaklarga xosdir. Ular tekis, A siluetli, hidli, assimetrik, drapirovkali yoki ballonli bo‘lishi mumkin.
Bunday yubkalarni minimalizm uslubidagi ingichka tasmali, krop-modelli, yengi nafis fonarli, volanli, bog‘ichli toplar bilan moslashtirib kiyish mumkin.
Odatda, maksi uzunligidagi yubkalarni kechki obrazlar uchun kiyiladi degan fikrlar bor. Ammo shu uzunlikdagi ko‘ylaklarni vyetnamkalar bilan uyg‘unlashtirsangiz, hamma joyda o‘zingizni qulay his qilishingiz mumkin.
Maksi va mini bu – ikki universal trend. Ularning har biri obrazga noyoblikni olib kiradi. Maksi yubkalar noziklik va nafislikni, mini yubkalar esa obrazga o‘ziga xoslikni beradi.