Balenciaga 2024-yil kuz-qish mavsumi kutyur ko‘rgazmasida moda meditatsiyasi
Rasmiyatchilikni unuting!
Parij moda haftaligi doirasida Balenciaga kutyur shousini o‘tkazdi, unda Demna Gvasalia yuqori moda tushunchasidan uzoqlashdi.
Ikki qismga bo‘lingan to‘plamni (norasmiy va kutyur) ko‘rsatishdan avval, mehmonlarga meditatsiya qilish, toza havo va ijobiy energiyani his qilish taklif qilindi.
To‘plamning birinchi qismi jinsi shimlar, katta o‘lchamli futbolkalar, katta hajmli kurtkalar, sport kostyumlari va ready-to-wear to‘plamlarining boshqa elementlarini o‘z ichiga olgan. Bularning barchasi shlyapa va opera qo‘lqoplari bilan birlashtirilgan. Ba’zi obrazlarni kapalak-niqoblari to’ldirdi.
Ikkinchisida esa yuqori moda elementlarini ko‘rish mumkin. Rang-barang longsliv va hudi bilan uyg‘unlashgan etagi uzun qilib tikilgan kechki liboslar, byust-ko‘ylaklari kabi ko‘rinishdagi jinsi shimlar, modelning ustiga o‘ralgan qora neylon Cristobal Balensiagani eslatardi. Aksessuarlar sifatida barcha modellarda raqamlashtirilgan sumkalar mavjud edi.
Фото: Spotlight