Moliya xaqida yulduzlar:
Yoz uchun moliyaviy bashorat

Yulduzlar nima deydi? Ular ham moliyaviy savodxon bo'lishni tavsiya qiladi.
21.03 - 19.04
Qo'y: katta rejalarga bоу уоz
Chiptalar olingan, chamadon tayyor - sizni unutilmas sarguzashtlar kutmoqda! Yulduzlar maslahati: uydan chiqishda ko'rpachani tekis qoldirmang - uning ostida pullaringiz bo'lsin. Qaytganingizdan keyin ularni bankka qo'ying. Pul sarguzashtlarni yoqtirmaydi.
20.04 - 20.05
Buzoq: ko'ngilochar yoz
Chiroyli hayotni, tushdan keyin uyquni, mazali taomlarni yaxshi ko'rarkansiz. Bu ro'yxatga ozozdan jamg'arib borishni ham qo'shing. Yulduzlar maslahati: pul yig'ishni odat qiling - kelgusi yozda hayotingiz yanada go'zal bo'ladi.
21.05 - 20.06
Egizaklar: kutilmagan qarorlardan iboratyoz
lstanbulga uchib ketdingiz, Bokuda uyg'ondingiz. Yaxshiyam chamadoningiz yo'qolmapti. Yulduzlar bunday sarguzashtlarga qarshi emas, ammo rejasiz xaridlarni kamaytirishni maslahat beradi. Byudjetning hech bo'lmasa bir qismi duty free do'konlarida emas, bankda qolsin.
21.06 - 22.07
Qisqichbaqa: xavotirli xayollarga to'la yoz
Ta'til? Mabodo reys kechiksa-chi? Mehmonxona yoqmasa-chi? Qayerga bormang, xavotir ham siz bilan birga parvoz qiladi. Yulduzlar maslahati: sayohat xarajatlarini oldindan rejalashtiring. Aniq xarajatlar rejasi - ko'ngil xotirjamligi.
23.07 - 22.08
Arslon: еng zo'r rasmlar olinadigan yoz
Qimmatbaho mashina bilan selfi, besh yulduzli mehmonxona oldida storis - yoz maroqli o'tadigan ko'rinadi. Yulduzlar esa majburiyatlarni unutmaslikni tavsiya qiladi. Axir, haqiqiy hashamat - faqatgina o'zgacha uslub emas balki moliyaviy erkin bo'lish ham.
23.08 - 22.09
Sunbula: hisob-kitob qilinadigan yoz
Chiptalar olingan, mehmonxona band qilingan, yuk tarozida tortilgan. Hatto valyuta kursi ham uch оу oldindan tekshirilgan. Yulduzlar ham bu ishingizni ma'qullaydi! Shuningdek, ular nafaqat rejalaringiz, balki pullaringizni ham tartiblashni tavsiya qiladi. Omonat oching - pullaringiz ham tartibga o'rganadi.
23.09 - 22.10
Tarozi: tanlov qilinadigan yoz
Olmaotami yoki lstanbul? Mehmonxonami yoki gesthaus? Taksimi уо avtobus? Yoz imkoniyatlarga bоу, lekin ba'zida umuman kutmaganingiz bo'lishi mumkin. Yulduzlar shunday maslahat beradi: hech bo'lmaganda pul masalasida barchasi aniq bo'lsin. Bittagina savol: Omonatmi yoki jamg'arma?
23.10 - 21.11
Chayon: nozik hisob-kitoЫaryozi
Kutish va poylash, eng yaxshi valyuta kurslarini izlash va har bir xarajatni puxta o'ylashni bilasiz. Lekin yulduzlar shunday deydi: «Eng qulay vaqtni kutmang, u umuman kelmasligi mumkin». Ortiqcha ikkilanmasdan, sizni baxtli qiladigan narsalarga pul sarflang - bu xarajatlaro'zini oqlaydi.
22.11 - 21.12
O'qotar: cheksiz harakat yozi
Yo'nalishingiz «ko'z qayoqqa tushsa, chamadon o'sha yoqqa boradi» qoidasiga asoslanadi. Bugun - Toshkent, ertaga - lstanbul, kim biladi - indinga qayerda bo'lasiz? Yulduzlar shunday ishora qilmoqda: dunyoni kezish zo'r, lekin uyda sizni muzlatkichga yopishtirilgan magnitdan tashqari moliyaviy yostig'ingiz ham kutayotgan bo'lsa - undanam yaxshiroq.
22.12 - 19.01
Tog' echkisi: unumli yoz
Ta'tilga noutbuk bilan uchib ketyapsiz, ish chatlarini tekshirishda davom etyapsiz, ayni paytda eng qulay valyuta kursi va transferni izlayapsiz. Yulduzlar tasdiqlaydi: moliyaviy va ishdagi intizom - bu kuchli narsa. Biroq ba'zida shunchaki dam oling: moliyaviy mahoratingiz yangi bosqichga chiqishi uchun hordiq chiqarish kerak.
20.01 - 18.02
Qovg'a: kutilmagan g'oyalaryozi
"Qayiq sotib olsak-chi?", ''Avtostop bilan sayohatga chiqsak-chi?", "Kokos sotish biznesini yo'lga qo'ysak-chi?" Yulduzlar sarguzashtlaringizga qarshi emas, ammo shunday maslahat beradi: doim jamg'armangiz bo'lsin. Muntazam ravishda oz-ozdan pul yig'ishni boshlang - bu g'oya qanchalik daromadliligini ko'rasiz.
19.02 - 20.03
Baliqlar: oqim bo'ylab suzish yozi
Tezkor qarorlarni osongina qabul qilasiz, bugun bilan yashaysiz va quvonchingizni atrofdagilar bilan baham ko'rasiz. Yulduzlar maslahat beradi: har kuningizdan zavq olayotgan bo'lsangiz ham, hech bo'lmaganda bankdagi bitta omonatingizga tegmang.
TBC Bank Uzbekistan'dan yoz uchun asosiy maslahat:
Yulduzlarga ishonishingiz mumkin, taqdirga ham, ammo pulni ishonchli bankka qoygan maqul.
Bank faoliyatini amalga oshirish uchun 17.03.2022-yildagi 86-sonli litsenziya.