MSA Resort – madaniyat bilan uyg‘un turizm kelajagi

“Nika” restoranida yangi kurort majmuasining taqdimoti qanday o‘tdi

Toshkentda sayyohlar va madaniy muloqot markazi bo‘ladigan ulkan loyiha – MSA Resort taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir 20-dekabr kuni Nika yunon-turk oshxonasining yangi restoranida o‘tkazildi, u yerda mehmonlar nafis taomlar va milliy vinolardan tatib ko‘rishdi. Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan kurort qurilishi 2024-yilda boshlanib, 2025-yilda yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

2020-yilda er-xotin Sanjar va Kamila Mirahmedovlar MSA Family Winery oilaviy vino zavodini tashkil etishdi. U yerda Yevropa standartlari asosida tabiiy va oliy navli sharob ishlab chiqarilmoqda. 2022-yildan boshlab ular Fransiyaning Bordo shahridagi mashhur vino muzeyida o‘zbek vinosini muvaffaqiyatli taqdim etib kelmoqdalar va nufuzli xalqaro tanlovlarda e’tirofga sazovor bo‘lib, o‘z kolleksiyalarini oltin va kumush medallar bilan boyitmoqdalar.

Yangi MSA Resort majmuasi asosiy yo‘nalishlarni, jumladan, qishloq xo‘jaligi, gastronomik, etnografik va agroturizmni rivojlantirishga, shuningdek, uzum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zamonaviy usulda ishlab chiqarishga qaratilgan. Bu go‘zal maskan boy o‘zbek madaniyati, betakror tabiiy manzaralar va zamonaviy infratuzilmani o‘zida mujassam etgan noyob markazga aylanadi.

Kurort hududida turli tadbirlarni o‘tkazish uchun ko‘p funksiyali maydonchalar bo‘ladi: ochiq havoda dam olish va ko‘ngilochar hududlar, milliy uslubda bezatilgan o‘tov shaharchasi, shuningdek, 1000 dan ortiq mehmonni qabul qila oladigan mehmonxona, restoran va degustatsiya zali. Dam olish maskaniga tashrif buyurganlar Markaziy Osiyo hududida uzumchilik va vinochilikning rivojlanish tarixi bilan tanishishlari, shuningdek, tarixiy-madaniy merosga bag‘ishlangan markazni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles