Muqaddas 40 raqami

Oʻzbeklar uchun bu moʻjizaviy raqam qanday tarix va afsonalarni oʻzida mujassam etgan?

28 Iyun 2024
foto: Serafim Dim

Oʻrta Osiyo xalqlari orasida 40 raqami muhim maʼnoga ega. Baʼzi qadimiy taʼlimotlarga koʻra, 40 «nollash» sodir boʻladigan vaqt davrini anglatadi, yangi bosqich boshlanadi. Koʻpgina xalqlarda 40 yosh nishonlanmaydi, chunki bu yosh «qayta tugʻilish» davri hisoblanadi. Ezoterizmda aynan 40 yoshda yangi energetik bio maydon shakllanadi va organizmdagi ichki jarayonlar qayta tiklanadi.

Oʻzbek anʼanalariga koʻra, 40 kun tananing tiklanish davri: yangi tugʻilgan chaqaloq tugʻilgandan faqatgina 40 kun oʻtgach, «dunyoga olib chiqish» odat tusiga kirgan. Shuningdek, yangi kelinlar – yosh kelinchak ham toʻydan keyin 40 kun oʻtmasdan turib odamlar koʻp  boʻladigan tadbirlarga chiqmasligi kerak. Chunki bu davr uning ayolga aylanish jarayoni boʻladi.

Foto: Evgeny Matveev/ Unsplash

40 raqami vaqt davriga aloqador boʻlmagan boshqa afsonalarda ham ramziy maʼnoga ega. Qadimda kelinlarning seplarida 40 dona koʻrpacha boʻlishi odat boʻlgan (qavilgan paxtali choyshablar). Anʼanaga koʻra, oʻzbek ayollari roppa-rosa 40 ta soch oʻrashadi. Soch kokillari odatda ildizlardan emas, balki 5-6 sm pastdan oʻriladi. Har bir kokil uchlariga bezakli munchoqlar yoki popuklari boʻlgan maxsus “jamalak” iplari oʻraladi. Oʻzbek madaniyatida yosh qizning toʻyi arafasida 40 kokil oʻrish marosimi bor. Toʻydan keyin qiz ularni ochadi va sochlarini ikkita katta kokilga yigʻadi.

Qirq qiz

40 raqami bilan bogʻliq afsonalar ham bor. Eng yorqinlaridan biri 40 qahramon qiz haqidagi “Qirq qiz” hikoyasidir. Rivoyatlarga koʻra, IX-X asrlarda Termiz yaqinida qalʼa boʻlib, uning devorlari tepasida 40 nafar jangchi ayol shaharni qo‘riqlagan. Bosh qoʻmondon Gavhar ismli qiz boʻlgan. Bir kuni dushmanlar hujum qila boshlashadi, shiddatli jang boshlanadi. 40 kun davomida qizlar oʻz shaharlarini mudofaa qilishadi va dushmandan himoya qilishadi. Ammo dushman qoʻshini son jihatdan ko‘p, jismoniy tarafdan kuchliroq edi. Qizlarga yordam kuchi kelishga ulgurmadi, ular kuchlarini yoʻqotishar va birin-ketin halok boʻlishardi. Gavhar jangni yolgʻiz oʻzi davom ettirib, oʻqlari tugaguncha jangchilarga otib turdi. Oʻshanda u dushman bilan yuzma-yuz koʻrishish uchun qalʼadan chiqadi. Qiz “Mendan boshqa hech bir tirik jon qolmadi, men sizning eng yaxshi jangchingizni jangga chaqiraman va bu jang hal qiluvchi jang boʻlsin!” deya baqiradi.

Foto: Serafim Dim

Armiya boshligʻi qaysi jangchini chiqarishni hal qilayotgan bir paytda charchagan, holdan toygan Gavhar gandiraklab ketadi va uning boshidan dubulgʻasi tushadi. Amazon daryosidek qalin va uzun sochlarning shamolda toʻzg‘iganini ko‘rgan dushman askarlari hayratdan dong qotishadi. Jangchilar shu 40 kun davomida qizlar bilan jang qilganlariga ishonishmas edi. Rahbar otdan sakrab tushib, Gavharning oldiga keladi, uning qoʻlidan oʻpib, qizning safdoshlari oʻzining qoʻshinidan yaxshiroq jang qilganiga hurmat va ehtirom bildiradi. Bu shaharning asl gavharini oʻz koʻzi bilan koʻrganini aytib, ortiga oʻgiriladi va jangchilarini yetaklab ketadi. Gavhar ularning ketishini kuzatib turadi va shundan keyingina orqaga yiqilib, koʻzlarini abadiy yumadi. Shunday qilib, shahar qutqariladi.

Zamonaviy dunyoda 40 raqami oldingi davrlarga qaraganda kamroq taʼsirga ega, ammo bu raqam bilan bogʻliq baʼzi anʼanalar va afsonalar hali ham avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin