NATALIE KUCKENBURG: A NEW CHAPTER

Pol Uesli bilan muhabbat, kutilmagan nikoh marosimi va hayotning yangi sahifasi haqida.

16 Noy 2026
Natalie Kuckenburg among flowers

Model, NAREIA brendi asoschisi hamda «Vampir kundaliklari» serialidagi roli bilan tanilgan aktyor Pol Ueslining rafiqasi Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan’ning noyabr oyidagi raqamli muqova hikoyasi qahramoniga aylandi.

Tina Sokolovska obyektivi qarshisida Natali turli kelinlik liboslarini namoyish etib, hayotidagi eng muhim voqealardan birini yana bir bor yodga oladi. Uning Pol Uesli bilan nikoh marosimi Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan — juftlik turmush qurishga marosimdan atigi bir kun oldin qaror qilgan. ELLE Wedding uchun tashkil etilgan fotosessiya Nataliga kelinlik modasining rang-barangligini kashf etish va o‘sha unutilmas kunda kiyishga ulgurmagan liboslarini sinab ko‘rish imkonini berdi.

ELLE Wedding bilan suhbatda Natali Italiyadagi romantik turmush qurish taklifi, kutilmagan nikoh marosimi, chinakam hamkorlik va o‘zining NAREIA brendi haqida so‘zlab berdi.

Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Ko‘ylak — Andreas Moskin
Aksessuarlar — Grains de Verre
Poyabzal — Alexandre Birman
Qo‘lqop — stilist arxivi
Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Ko‘ylak — Atelier Arielle
Aksessuarlar — Grains de Verre
Jaket — Linni Caro Couture
Poyabzal — Alexandre Birman

Natali, yaqinda turmush qurdingiz. Bu safar fashion editorial uchun yana kelinlik liboslarini kiyish sizda qanday taassurot qoldirdi?

Bu biroz g‘alati, shu bilan birga sehrli tuyg‘u edi. Bizning nikohimiz sud binosida kichik marosim tarzida o‘tgan va men haqiqiy kelinlik ko‘ylagini kiyishga ulgurmagan edim. Shu sababli fotosessiya davomida turli liboslarni kiyib ko‘rish men uchun ilgari boshdan kechirmagan kelinlik ko‘ylaklarini tanlash jarayonidek bo‘ldi.

Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Ko‘ylak — Atelier Arielle
Aksessuarlar — Grains de Verre
Poyabzal — Alexandre Birman
Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Ko‘ylak — Atelier Arielle
Aksessuarlar — Grains de Verre
Poyabzal — Alexandre Birman

Sizning unashtiruvingiz Italiyada, nikoh marosimingiz esa Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan. Ushbu ikki unutilmas voqeani qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? Ularning har birini nima o‘zgacha qildi?

Pol bir yil avval Italiyaning Ravello shahridagi sevimli mehmonxonamizda menga turmush qurishni taklif qilgan. Bu dengizga qaragan zaytunzorlar orasidagi sehrli maskan edi.

To‘yimizga kelsak, biz Kaliforniyada sud binosida nikohdan o‘tishga qaror qildik. Aslida bu qarorni marosimdan atigi bir kun oldin qabul qilganmiz. Shu sababli men kelinlik ko‘ylagi va nikoh uzuklarini 24 soatdan kamroq vaqt ichida topishimga to‘g‘ri kelgan. Aynan shu kutilmagan qaror kunimizni o‘zgacha qildi. Ikkimiz ham yaxshi ko‘radigan joyda, sevimli itimiz Greggi bilan birga bo‘lishimizning o‘zi biz uchun yetarli edi.

Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Aksessuarlar — Grains de Verre
Ko‘ylak — Milla Nova
Poyabzal — Alexandre Birman
Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Aksessuarlar — Grains de Verre
Ko‘ylak — Milla Nova
Poyabzal — Alexandre Birman
Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Aksessuarlar — Grains de Verre
Ko‘ylak — Milla Nova
Poyabzal — Alexandre Birman
Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Aksessuarlar — Grains de Verre
Ko‘ylak — Milla Nova
Poyabzal — Alexandre Birman

Bizning hikoyamiz A New Chapter deb nomlanadi. Hayotingizdagi ushbu yangi sahifa shaxsan siz uchun nimani anglatadi?

Shaxsan men uchun deyarli hech narsa o‘zgarmadi. Biz avval ham er-xotindek yashardik. Haqiqiy hamkorlik tuyg‘usidan yaxshiroq narsa yo‘q. Pol va men nafaqat er-xotin, balki eng yaqin do‘stlarmiz. Buning uchun men doimo minnatdorman!

Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Bodi va keyp — Linni Caro Couture
Aksessuarlar — Grains de Verre
Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Bodi va keyp — Linni Caro Couture
Aksessuarlar — Grains de Verre
Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Bodi va keyp — Linni Caro Couture
Aksessuarlar — Grains de Verre

Modellik faoliyatingiz bilan bir qatorda NAREIA brendingizni ham rivojlantiryapsiz. Uni yaratishga sizni nima ilhomlantirdi va brendingiz orqali dunyoga qanday g‘oyani yetkazmoqchisiz?

Nareia go‘zal va axloqiy tamoyillarga rioya qilingan holda ishlab chiqarilgan buyumlarni yaratish g‘oyasidan tug‘ilgan. Men braziliyalikman va mahalliy hunarmandlarning noyob mahorati hamda ular qo‘llaydigan usullarni butun dunyoga ko‘rsatishni istadim. Barcha buyumlar Braziliyadagi ayollar tomonidan qo‘lda tayyorlanadi. Har bir xarid orqali siz ularning turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shasiz.

Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Aksessuarlar — Grains de Verre
Ko‘ylak — Milla Nova
Poyabzal — stilist arxivi
Natali Kukenburg ELLE Wedding Uzbekistan uchun kelinlik libosida
Aksessuarlar — Grains de Verre
Ko‘ylak — Milla Nova
Poyabzal — stilist arxivi

Ko‘plab o‘quvchilarimiz chinakam muhabbatni uchratishni orzu qiladi. Hali ham o‘z insonini kutayotgan ayollarga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

Men ularga o‘zlariga sodiq qolishni maslahat berardim. Munosib inson albatta hayotingizda paydo bo‘ladi va sizni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qabul qiladi. Avvalo haqiqiy hamkor va do‘st topishga intiling, muhabbat esa u bilan birga keladi.

IJODIY JAMOA

Photographer: Tina Sokolovska @tinasokolovskaya

Talent: Natalie Kuckenburg @nataliekuckenburg

Stylist: Yulia Tereshchuk @ter_jules

Floral Art Direction & Set Design: Eliya Ushkevich | My Peonika @eliyaushkevich @mypeonikamia

Makeup & Hair: Yevgeniya “Genia” Kozlova @my_in_genius

Nail Artist: Yuliia Kovalchuk @kovanailsart

Producer: Anastasiia Melnychenko @amellnyx

Production: 917 Agency @917_agency

Gaffer: Dmytro Zolotov @dmitriy__zolotov

Jewelry: Grains de Verre @grainsdeverre @lado.agency

Maqolani ulashish