“Oskar-2025” qizil yo‘lagi: asosiy obrazlar
Kastom va arxiv liboslari

97-marta o‘tkazilayotgan “Oskar” mukofoti taqdirlash marosimi Dolby teatrida jahon miqyosidagi yulduzlarni jamladi. Bu yil mashhurlar yorqinlik, metall tusli matolar va g‘ayrioddiy bichimga e’tibor qaratishdi.
Ariana Grande o‘zining nafisligi va latofatini ta’kidlovchi Schiaparelli nafis libosida namoyon bo‘ldi. Havoda porlovchi tyuldan yasalgan nozik korset va yubka 190 000 kristall bilan bezatilgan.

foto: INSTAGRAM/ELLEUSA
Selena Gomez Ralph Lauren’ning upa rangidagi maxsus tikilgan libosini tanladi. Sofi Loren uslubidan ilhomlangan ko‘ylakni 12 nafar usta tikkan va 16 000 ta kristall bilan bezagan, bu esa unga sofitlar nurida jilvalanish imkonini berdi.

foto: INSTAGRAM/ELLEUSA
Demi Mur Swarovski kristallari bilan bezatilgan Armani Privé libosida porlab, o‘zining vaqt ta’sir qilmaydigan nafisligini namoyish etdi.

foto: INSTAGRAM/ELLEUSA
Mayki Medison 1956-yil bahor-yoz mavsumidagi “Bal à Paris” kolleksiyasidan ilhomlangan Dior haute couture libosida “Oskar” haykalchasini qabul qildi.

foto: INSTAGRAM/dior
El Fanning 1952-yilda Yuber de Jivanshi tomonidan yaratilgan birinchi kolleksiyadan ilhomlangan Givenchy oq libosida to‘r va bantlarga nozik ishora qildi.

foto: INSTAGRAM/ELLEUSA
Saint Laurent libosidagi Zoi Saldana turli fakturalarni uyg‘unlashtirdi: chuqur qizil vino rangidagi atlasdan bir nechta volan, yirik to‘rdan korset va mayda to‘rdan opera qo‘lqoplari.

foto: INSTAGRAM/ELLEUSA
Yasmin Fini – Harris Reed, Kensington Tallman – Pamella Roland, Emma Stone -Louis Vuitton, Holli Berri – Christian Siriano, Mishel Yeo – Balenciaga, Sharlotta Lourens – Valentino, Julianna Xyu – Dior, Skarlett Yoxansson – Mugler, Reffi Kassidi – Loewe, Mayli Sayrus – Alexander McQueen liboslarini tanlashdi.

foto: INSTAGRAM/ELLEUSA

foto: INSTAGRAM/ELLEUSA

foto: INSTAGRAM/dior

foto: INSTAGRAM/dior

foto: INSTAGRAM/ELLEUSA

foto: INSTAGRAM/ELLEUSA