Oscar de la Renta: ayollar uchun eng yaxshisi
“Mening vazifam ayollar o‘zlarini eng zo‘ri ekanliklarini his qildirish”
22-iyul kuni Oscar de la Renta o‘zining 92 yoshini qarshi olishi kerak edi, ammo 2014-yilda ijodkor olamdan o‘tdi. U buyuk kutyurye va bag‘rikeng inson edi.
Oscar de la Renta Dominikan Respublikasida, oilada yettita farzandi bor xonadonda tug‘ildi. U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lgan. Ko‘p vaqtini Santo Domingodagi badiiy maktabda o‘tkazdi. O‘qishini San’at va rassomlik akademiyasida davom ettirish uchun u keyinchalik Madridga ko‘chib ketadi.
Oscar de la Renta AQSHning birinchi xonimlari bilan ishlashni faqat orzu qilishi mumkin edi, ammo Amerikaning Ispaniyadagi elchisining qizi uning birinchi mijozlaridan bo‘ldi. U ishini endi boshlayotgan modelyerdan “Life” yulduzli jurnal muqovasiga tushgan debyutant qizlar uchun oqshom liboslarini buyurtma qildi. Voqealarning bunday tus olishi natijasida, Oscar Balenciaga uyidan taklifnomani qo‘lga kiritdi.
Yosh dizayner bilan Cristian Dior va Lanvin kabi dizaynerlar qiziqib qolishdi. Oscar birinchi modalar uyida o‘zining soyaga aylanishini o‘ylab, ikkinchi brendni tanladi. Shunday qilib, Oscar ispaniyalik dizayner Antonio del Castilloning yordamchisi sifatida ishlay boshladi.
Oskar de la Rentaning uyi u ishlayotgan modalar uyining egasi Jane Derby vafot etganidan keyin paydo bo‘ldi. Dizayner brendni sotib oldi va boshqa nom bilan nomladi. 1967-yilda esa, dunyoga mashhur Oscar de la Renta uyi paydo bo‘ldi.
“Hech qachon podiumda sodir bo‘layotgan voqealarni moda bilan adashtirmang. Podium - bu tomosha. Moda - bu hayotda ayolning ustiga kiyilgan libosdir. Yaxshi kiyinish bu oʻziga xos kiyimga ega bo‘lish degani emas, balki sog‘lom fikr va to‘g‘ri muvozanat masalasidir.”
Oscar de la Renta mashhurligi hayratlanarli darajada oshib bordi. Dizayner libosisiz hech bir Oscar mukofoti o‘tmaydi deb hisoblanar edi. U lakonik siluetlar va benuqson obro‘-e’tiborga ega edi.
Oskar de la Renta klassika bilan turli madaniyatlarni uyg‘unlashtirgan. Uning birinchi kolleksiyalar to‘plami ispan madaniyatiga, aniqrog‘i, flamenko milliy raqs kostyumiga bag‘ishlandi. Dizayner mavhum printlar va sharqona elementlarni qo‘shdi.
1967-yilda to‘plam shov-shuvga sabab bo‘ldi. Oscar buni lo‘lilar uslubida ishlab chiqdi. Hashamatli matolar, kashtalar va yorqin ranglar o‘sha vaqtdagi moda ishqibozlarini hayratga soldi. Kechki oqshom tadbirlari uchun shimlar moda g‘oyasini tamoman o‘zgartirdi. Chunki ilgari shimlar faqat kundalik kiyimlari hisoblangan. Shuningdek, dizayner avangard modasiga ham qiziqqan. Yorqin elementlar, kalta ko‘ylaklar, kashta bilan tikilgan bluzkalar - bularning barchasi bora-bora Oscar de la Renta kolleksiyalarining bir qismiga aylandi.
Modalar uyi tashkil topganidan uch yil o‘tgach, dizayner erkaklar to‘plamining alohida yo‘nalishini ochdi. Yana uch yil o‘tib, Amerika dizaynerlar kengashining prezidenti lavozimini egalladi.
“Men tinib-tinchimaydiganman. Nimadir qilishdan hech qachon o‘zimni
to‘xtatmayman. Ijodiy jarayon hech qachon tugamaydi”
Oskar de la Renta ko‘ylaklarini dunyoning eng taniqli ayollari afzal ko‘rishgan. Jacqueline Kennedydan tortib, dizayner AQSHning barcha birinchi xonimlari-Nancy Reagan, Laura Bush va Hillary Clintonni kiyintirgan.
1993-yilda Oscarni Balmainga ishlashga taklif etishdi. U yerda u 2002-yilgacha ishladi. O‘sha vaqtga kelib, uning uyi aksessuarlar, sumkalar, poyabzallar hamda interyer buyumlar to‘plamini chiqara boshladi. 2004-yilda esa, Oscar de la Renta ikki yillik ta’tildan so‘ng, o‘z brendiga qaytdi.
To‘y liboslari Oscar de la Renta uyining asosiy xususiyatlaridan biridir. Har bir qiz to‘y kunini boshqacha orzular bilan kutadi. Uning ishlari fasonlarining turli xillari, matolarning hashamati bilan ajralib turadi.
2005-yilga kelib, Oscar Madison- Avenyuda, keyin esa Afinada, Madridda, Dubayda Oscar de la Renta do‘konlarini ochdi. Dizayner vafotidan ikki yil avval bolalar kiyimini ham chiqara boshladi.
Kelib chiqishi Dominikadan bo‘lgan amerikalik dizayner Oscar de la Rentaning oxirgi ishlaridan biri, George Clooneyning bo‘lajak rafiqasi uchun tikilgan Amal Alamuddin kelin ko‘ylagi bo‘ldi.