“Oskar-2025”: qizil yo‘lakdagi mukammal glamur
Olamshumul go‘zallik qiyofalari

2025-yilgi “Oskar” mukofoti taqdirlash marosimi nafaqat yorqin nominatsiyalar va kutilmagan g‘alabalar bilan hayratga soldi, balki ajoyib go‘zallik qiyofalarining haqiqiy namoyishiga aylandi. Retro-glamurdan tortib klassiklarning zamonaviy talqinlarigacha – yulduzlar tarixda iz qoldiradigan zamonaviy va nozik yechimlarni namoyish etdilar.
Demi Mur
Demi Mur o‘zining uzun to‘lqinli va mayin glamur qiyofasiga sodiq qolmoqda. Sartarosh Dimitris Jannetos aktrisaning sochlarini Moroccanoil Perfect Defense issiqlikdan himoya vositasi yordamida turmakladi, so‘ngra Dyson Supersonic fenidan foydalandi va Dyson Corrale yordamida mayin jingalaklar yaratdi.

fotо: instagram \ @thealist.us
Vizajist Sofiya Tilberining pardozi faqat Charlotte Tilbury vositalari bilan amalga oshirildi: Magic Serum Crystal Elixir va Magic Cream bilan terini tayyorlash, shuningdek, porloq nigoh uchun Hollywood Skin Secrets Immediate Eye Revival Patches niqoblari.
Selena Gomez
Selena Gomez Eski Gollivuddan ilhomlangan qiyofada pushti oltin tusining mayin jozibasi bilan nafis bob soch turmagini uyg‘unlashtirdi. Uning sartaroshi Renato Kampora hajm uchun Joico Whip Firm Hold Design Foam ko‘pigi va Dream Blowout Thermal Protection Creme kremidan foydalangan, so‘ngra Dyson fen va turli o‘lchamdagi qisqichlar yordamida sochlarni tartibga keltirgan.

fotо: instagram \ @elleusa
Ariana Grande
“Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa” nominatsiyasiga tavsiya etilgan Ariana Grande R.E.M. Beauty kosmetikasi yordamida yaratilgan yaltiroq tenlar, tabiiy lablar va bronza yonoqlari bilan porladi. Pardozchi Maykl Entoni Midnight Shadows tenlar palitrasidan Babydoll va Ozdust tenlarining Normal Is Overrated va Perfect Pink ranglarida foydalanib, ko‘zlarning marvariddek jilvalanishini yaratdi. Grandening sochlari o‘ziga xos silliq tuguncha qilib yig‘ilgan edi.

fotо: instagram \ @manthony783
Julianna Xaf
Sartarosh Riashna Kapri R+Co Bleau mahsulotlari, jumladan, ildiz oldi musse va hajm spreyidan foydalangan, L’Oréal kompaniyasining Airlight Pro feni esa ideal Gollivud to‘lqinlarini yaratishga yordam bergan.

fotо: instagram \ @elleusa
Dior Beauty bilan ishlagan vizajist 999 va 883 ranglardagi Rouge Diorni tanlab, lablarga urg‘u berdi. Ko‘zlar uchun Diorshow 5 Couleurs 689 Mitzah palitrasi ishlatilgan va yuz konturlari RCMA Highlight & Contour Palette “Light” S5 bilan bajarilgan.
Reychel Sennot
Reychel Sennot pushti yorqin rangdagi pardozni tanladi, bu uning qiyofasiga jasorat qo‘shdi. Asosiy e’tibor ko‘zlarga qaratilgan edi: Rose Flannel rangidagi Eye Tint Liquid pushti tenlari nigohga ifodalilik baxsh etdi, qora podvodka va strelka esa dramatik ta’sirni kuchaytirdi. Aktrisaning to‘q qoshlari qiyofaning qarama-qarshiligini ta’kidlab, uni yanada dadilroq ko‘rsatdi.

fotо: instagram \ @treaclychild
Yuzi Luminous Skin Cheek Tint 62 kremsimon rumyana va Aqua Highlighter 3 xaylayteri tufayli porladi, bu esa nam nurlanish effektini yaratdi. Nude Glow tusidagi Prisma Lip Gloss nyud bleski lablarga tabiiy to‘liqlik baxsh etdi.
Mayki Medison
2025-yilgi “Oskar” mukofoti yulduzi o‘zining to‘q qora rangdagi smoki-ays pardozi bilan tomoshabinlarni maftun etdi. Vizajist Melissa Ernandes buning uchun Armani Beauty mahsulotlarini tanladi: Eye Tint 12S va 99M to‘yingan krem tenlari, chiziqlar aniqligi uchun Smooth Silk Eye Pencil 4 qalami va kipriklarga dramatik hajm beradigan Vertigo Mascara.

fotо: instagram \ @latimes_entertainment
Qora rangdagi smoki pardozi sirli va maftunkor taassurot qoldirardi, ammo shu bilan birga nafis ko‘rinib, qiyofani ortiqcha bo‘rttirmaydi. Armani Lip Power 503 bilan yengil tabiiy lablar pardozni muvozanatlashtirdi, ko‘zlarga asosiy e’tiborni qaratish imkonini berdi.
El Fanning
El Fanning Odri Xepbern, Greys Kelli va Elizabet Teylor qiyofalaridan ilhomlangan baland tuguncha soch turmagi bilan haqiqiy malikaga o‘xshardi.

fotо: instagram \ @elleusa
Pardozda Black Noir tusidagi Infallible Never Fail Eyeliner yordamida klassik qora strelkalarga urg‘u berildi. Dewy Bright Pink rangidagi Lumi Le Liquid Blush mayin pushti rumyanalari va Lumi Le Glow Stick xaylayteri teriga musaffolik baxsh etdi, Colour Riche Ballerina Shoes Lipstick satin lab bo‘yog‘i esa qiyofani yakunladi.
“Oskar-2025”dagi har bir go‘zallik qiyofasi yulduzlarning o‘ziga xosligini aks ettirib, klassika va zamonaviy yo‘nalishlarni uyg‘un va ta’sirchan tarzda birlashtirdi.