Oydin kulrang

2025-yilning eng urfdagi rangi

23 Dek 2024
Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Trend ranglar qatoriga yangilari qo‘shildi: to‘q qizil, jigarrang va zaytun rangi oydin kulrang oldida chekinishga majbur bo‘ldi – uning o‘ziga xosligi yengil jigarrang tusda yashiringan.

Ustki kiyimlar, masalan, puxovik yoki eko-po‘stin, hozirning o‘zidayoq asosiy ranglarga yaxshi muqobil bo‘la oladi. Shuningdek, kiyim javonlari oydin kulrang sviterlar va shimlar bilan to‘ldiriladi.

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Foto: SPOTLIGHT / Victoria Beckham

Podiumlarda dolzarb rang gammasidagi ko‘plab obrazlar namoyish etildi. Acne Studio yangi rangdagi belbog‘li shim kostyumini, Diesel esa oversize-palto, sharf va etikni taqdim etmoqda.

Oydin kulrang yorqin ranglar bilan yaxshi uyg‘unlashadi. Masalan, Sandy Liang uni qizil rang bilan, Miu Miu esa to‘q kulrang, binafsha va karamel rang bilan birlashtirishni taklif qiladi. Sizlar uchun 2025-yilning dolzarb rangidagi bir nechta podium obrazlarini to‘pladik.

Foto: SPOTLIGHT / Carven

Foto: SPOTLIGHT / Diesel

Foto: SPOTLIGHT / Loewe

Foto: SPOTLIGHT / Acne

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Maqolani baham ko'ring

Related articles