Paranji

Yaratilish tarixi va zamonaviy talqini

foto: Serafim Dim

Markaziy Osiyoda kiyim-kechaklar doimo jamiyat hayotida muhim o‘rin tutgan: ular jins, yosh va ijtimoiy mavqega qarab guruhlarga ajratilgan. Ayrim kiyimlar jamiyatda kiyilishi shart bo‘lgan. Paranji aynan ana shunday kiyimlardan biri edi.

foto: Serafim Dim

Tarixi

Paranji so‘zi forscha “faradji” so‘zidan olingan bo‘lib, ilgari erkaklar ustki kiyimining erkin bichimli, yengi uzun ma’nosini anglatgan. Ammo XVI asrdan boshlab faradjilarni erkaklar qatorida ayollar ham kiyisha boshladilar. Markaziy Osiyoda paranji taqish madaniyati XIX-XX asrlarga to‘g‘ri kelgan. O‘zbekiston shaharlarida 1917-yilgacha paranji ayollar uchun ko‘cha kiyimining majburiy atributi bo‘lgan. Bu kiyim boshdan kiyiladigan va butun tanani yopib turadigan erkin chopon bo‘lib, uning orqa tomonida soxta yenglar bo‘lgan. Yuzni esa ot qilidan to‘qilgan qalin to‘r – chachvon yopib turgan. Paranjining o‘zi kashta, jiyak, baxmal yoki satin hoshiya bilan bezatilgan, yenglariga esa katta avlodning xohishi bilan rangli iplar va munchoqlardan popukchalar tikilgan. Paranji ostidan oddiyroq va qulayroq kiyimlar kiyilgan. Paranjining asosiy vazifasi nafaqat ayolning yuzi va qomatini begona ko‘zlardan yashirish bo‘lgan, balki bu kiyim tog‘larda kuchli shamol, tekisliklarda esa chidab bo‘lmas issiq bo‘lgan iqlimda termoregulyatsiya uchun ham mo‘ljallangan.

иллюстрация Serafim Dim

illyustratsiya by Serafim Dim

O‘tmishdagi ayollar pasporti

Ko‘pchilik uchun bu kiyim-kechak faqat diniy xususiyatga ega bo‘lishiga qaramay, oldingi davrlarda paranji jamiyatga ijtimoiy ma’lumot olib kirgan. Matoning rangi va ko‘rinishiga qarab, ayolning yoshini, libosning bezagiga qarab esa, uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini, shuningdek, bolalar sonini bilish mumkin bo‘lgan. Qizaloqlar to‘qqiz yoshida ilk paranjisiga ega bo‘lishgan, turmushga chiqqanidan keyin unga yana bir yoki ikkita paranji tikib berishgan. Paranji matosining turi mavsumga qarab turlicha bo‘lgan: baxmal, adras, ipak, yarim ipak va boshqalar.

foto: MAiP 18535

Zamonaviy uslubdagi qadimiy libos

Hozirgi kunda jamoat joylarida paranji taqish taqiqlangan bo‘lsa-da, ko‘plab moda shinavandalari ushbu noyob kiyimdan ilhomlanib, uni endi boshga emas, balki yelkalarga kiyib yurishni davom ettirmoqdalar. Ilgari O‘zbekiston ayollari paranji kiyishga qarshilik ko‘rsatgan bo‘lishsa, hozir bu hammaga tanish chopon kabi fotosessiyalar uchun mashhur atribut hisoblanadi. Vintaj yoki antikvar paranji juda qadrlanadi va ba’zi dizaynerlar uni yuqori modada qayta yaratadilar.
Zamonaviy paranjilarni qadimgilaridan aniq ajratib turadigan yagona jihati bu chachvon to‘rining yo‘qligidadir.

Maqolani baham ko'ring

Related articles