Past poshnali poyabzallar – 2024 yil bahor-yoz trendi

Bu mavsumning urfdagi poyabzallari haqida.

03 Iyun 2024

Past poshnali poyabzallar garderob uchun yangilik emas. Ushbu yozda dizaynerlar nafaqat an'anaviy modellarni, balki to'rdan yasalgan yoki kristal bilan bezatilgan modellarni ham kiyishni tavsiya etishmoqda. Ularning ko'plab ko’rinishda qayta talqin qilinishi xursandchilik bilan birga ularni to'liq inkor etilishiga olib kelishi mumkin.

Uchli poyabzallar

Uchli past poshnali poyabzallar kundalik ko’rinishda poshnali tuflilarni o’rnini to’laqonli bosa oladi. Ular kostyum-shim va ko'ylaklar yoki jinsi shimlar bilan mos tushadi. Qanday rang tanlash esa butunlay o’zingizga havola- yorqin, animalistik yoki silliq teri. 

Tasmachali poyabzallar

"Meri Jeyn" past poshnali poyabzallari unfluenserlarning kiyim jovonlarida mustahkam o'rin egalladi. Va bu bejiz emas. Ushbu trend dunyosining sevimli juftligi va dastlabki modeli - Miu Miu poyabzallaridir.

Tasmacha bir vaqtning o'zida ikkita vazifani bajaradi: dekorativ va amaliy. U yurish paytida qulaylik yaratgan holda oyoqni mahkam tutadi, shuningdek, ko’rinishni bir butun ko’rinishga keltiradi. Agar tugmachali talqin noqulaylik tug'dirsa yoki siz ozgina betartib ko’rinishga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz, tasmachani erkin holda qoldiring.

Satin poyabzallar

Satin poyabzallari 2024 yilning bahor va yoz oylarida mashhurlik cho'qqisiga ko’tarilmoqda. Ushbu trend uchun podiumga "konfet" ranglarini olib chiqgan Miuccia Prada va Raf Simons mas'uldirlar. Ulardan so'ng deyarli barcha brendlar bu trendga ergashdilar. Maison Margiela'da satin past poshnali poyabzallarni bantikli eng yoqimli Miu Miudan modelidan tortib, minimalistik The Row gacha topish mumkin.

To’rli poyabzallar

Alaia birinchi bo'lib to'rli past poshnali poyabzallarini yaratdi. Ular bir zumda influenserlar orasida sevimliga aylandi. Hozirgi kunda bu modelga o’xshashlarnini deyarli har bir ommaviy bozor brendidan sotib olish mumkin.

Bu poyabzal mutlaqo hamma narsaga mos keladi: 60-yillar ruhidagi liboslar va mini yubkalardan tortib rasmiy kostyumlargacha. Yanada jasurlar esa to’rli pas poshnali poyabzallarni yorqin rangli paypoq bilan kiyishmoqda. Lekin bir narsa o'zgarishsiz qolmoqda - bunday poyabzal har qanday ko'rinishning eng asosiy jihatiga aylanadi.

Kristalalr bilan bezatilgan poyabzallar

Yana bir bor Alaia moda unfluenserlarini ko’zini ko’r qildi. Bu safar ular yorqin past poshnali poyabzallarni o'ylab topishdi. Ular inkor etilishdan qabul qilnishgacha bo'lgan butun yo'ldan omon o'tdilar va garderoblarga mustahkam o'rnashib oldilar. Bunday poyabzallar jinsi va linendan tikilgan ko’ylak yoki shoyi yubka hamda oversayz futbolkalar yordamida yaratilgan ko’rinishlarga bayramona kayfiyat qo’shadilar.

 

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles